Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Yevropa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimoliy Yevropa

Shimoliy Yevropa -deganda biz 2 ta boshqa boshqa narsalarni tushunchalarni tushunimiz lozim. Masalan iqtisodiy jihatdan oladigan boʻladigan Shimoliy Yevropa bu Yevropaning Shimolida joylashgan qismi. Ammo tabiiy geografiya nuqtai nazardan olinadigan boʻlsa, Shimoliy Yevropaga Kattaroq hudud tushuniladi. Misol uchun A.Soatov, .Abdulqosimov, M.Mirakmalov ning Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi) kitobida Shimoliy Yevropa oʻlkasiga Skandinaviya yarimoroli, Yutlandiya yarimoroli, Kola yarimoroli, Islandiya oroli, Shpitsbergen arxipelagi, Frans-Iosif Yeri kiritilgan. X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI kitobida Shimoliy Yevropa rayoniga Fenoskandiya, Sharqiy Yevropa tekisligi, Ural togʻlari kiritiladi.

Skandinaviya yarimoroli va Kola yarim oroli, Finlandiya va Kareliyadan tarkib topgan. Fenoskandiya oʻlkasining katta qismini Yevropada eng yirik boʻlgan Skandinaviya yarim oroli tashkil etadi. Oʻlka hududi 71° va 55° sh.k. lar oraligʻida shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon choʻzilgan, maydoni 1,5 mln. km2, Fenoskandiya sohillarida orollar va arxipelaglar keng tarqalgan. Shulardan eng yiriklarijanubi-sharqda Gotland, Eland va Bornxolm orollari hamda shimoli-gʻarbdagi Vesterolen va Lofoten arxipelaglaridir. Oʻlkaning gʻarbiy sohillarida koʻplab mayda orollar joylashgan boʻlib, shimoliy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlari fordlar bilan kuchli parchalangan boʻlsa, shimoli-sharqiy qismidagi Kola yarim orolining qirgʻoqlari esa aksincha kam parchalangan. Oʻlkaning qirgʻoqlarini Atlantika okeanining Boltiq va Shimoliy dengizlari, Shimoliy Muz okeanining Norvegiya, Barens va Oq dengizlari oʻrab turadi. Fenoskandiya oʻlkasi hududi uchun tabiiy sharoitining qattiqligi, qadimgi kristall jinslarning keng tarqalgani va ularning yer yuziga chiqib qolganligi, oxirgi materik muzligi izlarining yaxshi saqlanganligi, landshaft komplekslari tarkibida tayga oʻrmon landshaftlarining va togʻ tundra landshaftlarining hukmronlik qilishi xarakterlidir. Skandinaviya togʻlarining eng baland nuqtasi uning janubiy qismida joylashgan Yutinxeymen (Galxyopiggen, 2468 m) massivi boʻlib, butun Fenoskandiya oʻlkasining eng baland nuqtasi hisoblanadi. Skandinaviya yarim orolining shimoliy chekka qismida togʻlar pasayib Finmarken (1000m) yassi togʻligi bilan tugaydi. Yassi togʻlikning oʻrtacha balandligi 300-400 m ni tashkil etadi. Kola yarim orolida Xibin togʻi (1191 m), Lavozero togʻi (1120 m) joylashgan. Fenoskandiyaning gʻarbiy 338 qirgʻoqlari kuchli parchalangan, uning asosiy sababi yangi tektonik harakatlar va materik muzliklarining taʼsiridir. Daryolar ham oʻz vodiylariga shu yoriqlarda asos solgan. Natijada Skandinaviya va Kola yarim orollari uchun xarakterli boʻlgan tor, uzun, tik yonbagʻirli qoʻltiqlar — fordlar hosil boʻlgan. Eng yirik fordlar gʻarbiy sohillarning janubiy qismida joylashgan Sochne-ford (220km), Xardanger-ford (185km), Tronxeyms-ford (180km) va boshqalar. Fenoskandiya iqlim sharoitining xilma-xil boʻlishi uning shimoldan janubga, gʻarbdan sharqqa tomon uzoq masofaga choʻzilganligiga, Skandinaviya togʻlarini Atlantika okeanidan keladigan havo massalari harakatiga toʻsqinlik qilishiga, Arktika havo massasining kirib kelishiga bogʻliq. Oʻlkaning gʻarbiy va janubiy qismlari bevosita gʻarbdan keladigan havo massalari taʼsirida boʻladi. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda −4°S dan 00S gacha, janubida 0°S dan +2°S gacha boʻladi. Oʻlkaning shimoliy qismida qish 6-7 oy davom etadi, havo sovuq, shimolda yanvarning oʻrtacha harorati −14°,-16°S, iyulning oʻrtacha harorati +10°,+12°S atrofida boʻlsa, janubi-sharqda +16°,+17°S gacha koʻtariladi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy sohillarida 2000 mm yogʻin yogʻadi. Fenoskandiyaning relef va iqlim sharoiti yer usti suvlarining keng tarqalishiga va sersuv boʻlishiga imkon yaratgan. Shuning uchun oʻlka hududi daryolarga va koʻllarga juda boy, daryolari oʻz suvini koʻllarga, dengizlarga hamda koʻrfazlarga quyiladi. Skandinaviyaning eng yirik daryosi boʻlgan Glomma (587 km), Finlyandiyadagi Kemiyoki daryosi (550 km) da yirik sharsharalari bor. Fenoskandiya landshaftlarining xarakterli xususiyatlaridan biri, koʻllarning nihoyat darajada koʻpligidir. Finlyandiyada 60000ga yaqin koʻl boʻlib, koʻllar koʻp boʻlgani uchun ham uni „koʻllar oʻlkasi“ deb ataydi. Eng katta koʻllari Venern (5546 km2 ), Vettern (1900 km2 ), Sayma (1800 km2 ), Payyanne (1065 km2 ), Inari (1000 km2 ), Melaren, Yelmaren, Imandra, Pyaozero, Topozero, Vigozero, Segozerolar hisoblanadi. Skandinaviya togʻlarida hozirgi zamon muzliklarining markazi joylashgan. Muzliklarning umumiy maydoni 5000 km2 , ular Skandinaviya togʻlarining gʻarbiy polosasida, atmosfera yogʻinlari koʻp yogʻadigan massivlarda joylashgan boʻlib, uning maydoni 850 km2 ga yaqin. Qor chiziqlarining balandlik chegarasi janubda 1200 m ni, shimolda 400-500 m ni tashkil etadi. Vodiy muzliklari dengiz sathidan 100-200 m balandlikkacha tushib keladi. Fenoskandiyaning oʻsimlik dunyosi xilma-xil. Ularning orasida igna bargli oʻrmonlar hukmronlik qiladi. Igna barglilardan Yevropa yeli va oddiy qaragʻay koʻp tarqalgan. Tayga oʻrmonlari uchun podzol, gleyli-podzol va botqoq tuproqlar xarakterli. Skandinaviya yarim orolining janubida igna bargli oʻrmonlar aralash oʻrmonlar bilan almashinadi. Aralash oʻrmonlarda yel va qaragʻaydan tashqari zarang, joʻka, eman daraxtining bir necha turi oʻsadi. Oʻrmonlar Fenoskandiya mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi hisoblanadi. Finlyandiyaning 75% maydoni, Shvesiyaning 50% maydoni, Kareliyaning katta qismi oʻrmonlar bilan band. Fenoskandiya hayvonot olamiga uncha boy emas. U yerda eng koʻp tarqalgan turlari oʻrmonlarda yashaydigan hayvonlardir. Ularning ham juda katta qismi qirib tashlangan. Ayniqsa, yirtqich hayvonlar qoʻngʻir ayiqlar, boʻrilar va tulkilar butunlay yoʻqolib ketish arafasida. Oʻrmonlarda olmaxon, asl zotli bugʻu, kosulya, turli xil oʻrmon qushlari - qarqurlar, chiplar, qurlar yashaydi.

Sharqiy Yevropa tekisligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yevropa tekisligi dunyodagi eng yirik tekisliklardan biri, shimoldan janubga Shimoliy Muz okeanidan (690 sh.k.) Qora va Kaspiy dengizlargacha (400 sh.k.), gʻarbdan sharqga esa Karpat togʻlaridan Ural togʻlarigacha boʻlgan keng maydonni egallaydi. Oʻrtacha balandligi 170 m, eng baland qismlari tekislikning janubiy va shimoliy qismlarida joylashgan, mutloq balandligi 384-525 m gacha yetadi. Kengliklar boʻylab joylashgan Belarussiya-Smolensk, Moskva-Klin-Dmitrov-Shimoliy uval balandliklari, Sharqiy Yevropa shimoliy va janubiy qismlarga ajraladi. Shimoliy qismi Shimoliy Muz okeani havzasiga, janubiy qismi Qora va Kaspiy dengizi havzasiga qaraydi. Shimoliy qismining relefi tektonik harakatlar toʻrtlamchi davr materik muzliklari va dengiz transgressiyalari taʼsirida shakllangan. Shuning uchun bu yerda toʻlqinsimon balandliklar, morena qirlari keng tarqalgan. Tekislik janubiy qismining relefi esa asosan tektonik harakatlar va energiya taʼsirida shakllangan. Bu yerning asosiy relef shakllari meredian yoʻnalishidagi Podol, Dneprboʻyi, Oʻrtarus, Volgaboʻyi, Umumiy sirt tepaliklari va ular oraligʻida joylashgan Dneprboʻyi, Don pastekisliklaridan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligida tuproq oʻsimliklarning tarqalishida gorizontal zonallik aniq aks etgan. Shimoldan janubga tomon tekislikda tundra, oʻrmon, oʻrmon-dasht, dasht, choʻl va chala choʻl tabiat zonalari ajratiladi. Sharqiy Yevropa tekisligining relefi uning geologik tuzilishi bilan bogʻliq. Tekislik Sharqiy Yevropa metamorfiklashgan arxey-proterozoy yotqiziqlaridan iborat. Platforma qolqonlari va antiklizalar relef balandliklar sifatida, sinklizalar esa pastekisliklar va tekisliklar sifatida aks etgan. Toʻrtlamchi davrda shimoliy yarim sharda roʻy bergan iqlimiy oʻzgarishlar natijasida Sharqiy Yevropa tekisligining katta qismini bir necha bor materik muzliklari qoplagan. Bu albatta tekislikdagi fauna va floraning migrasiyasiga, relef shakllariga, choʻkindi togʻ jinslarining tarkibga katta taʼsir koʻrsatgan. Sharqiy Yevropa tekisligi 400 va 690 sh.k. oraligʻida joylashgan, natijada bu yerga tushadigan Quyosh radiatsiyaning miqdori shimolda va janubda bir-biridan katta farq qiladi. Eng koʻp yogʻin tekislikning gʻarbiy qismida 600-650 mm, shimoliy va janubiy qismlarida 200-400 mm ni tashkil etadi. Sharqiy Yevropa daryolari Mozen, Onega, Shimoliy Dvineya, Legara Shimoliy Muz okeani havzasiga, Neva, Gʻarbiy Dvina Atlantika okeanining Boltiq dengiziga, Dnepr, Janubiy Bug, Dnestr daryolari Qora dengizga, Don esa Azov dengiziga quyiladi. Oʻlkada bir qator yaqqol koʻzga tashlanuvchi tabiat zonalari uchraydi. Tundraning janubiy chekkasida oʻrmon zonasiga oʻtkinchi qismida oʻrmon tundra tabiat zonasi joylashgan, u past boʻyli oʻsuvchi oq qayin, qaragʻayli siyrak oʻrmon va butazorlardan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligi podzol tuproqlarida igna bargli va aralash oʻrmonlar zonasi eng katta maydonni egallagan. Igna bargli oʻrmonlarda asosan yel, qaragʻay, sibir pixtasi, tilyogʻoch, kedr daraxtlari oʻrmon hosil qiluvchi daraxtlar, aralash oʻrmonlar zonasida dub va yel daraxtlari oʻsadi. Qaragʻay, pixta, osina, lipa, oq qayin, chrab, vez, zarang, yasen daraxtlari bilan birgalikda dub va yel oʻrmon hosil qiluvi oʻsimliklar tarqalgan. Oʻrmon dasht zonasida oʻrmonlar va dashtlar bir birini ichiga kirib borgan boʻlib, oʻrmonlarida dub, zarak, iqlimi yumshoqroq joylarda buk, dashtlarida esa proleska, betaga va boshqa boshoqli oʻsimliklar keng tarqalgan va oʻsimliklarning eng koʻp turlari tarqalgan zonalardan biri hisoblanadi. Dasht zonasi boshqa tabiat zonalaridan katta tekis maydonlarni egallaganligi har joy har joyda shoʻrxokliklar, botqoqli oʻtloqzorlar uchratilishi bilan ajralib turadi. Chalachoʻl zonasi Volga,Sulak daryosining quyi oqimi atrofidagi maydonlarni egallab koʻp joylari och kashtan tuproqlari bilan qoplangan. Chalachoʻl zonasida koʻplab shoʻr koʻllarni, shoʻrxok, shoʻrtob joylar uchratiladi. Zonaning shimoliy qismida shuvoq va boshoqli oʻsimliklar, janubida esa shuvoq va shoʻra koʻp. Oʻlka hayvonot dunyosi toʻrtlamchi davrning ikkinchi yarmida materik muzliklari chekingandan soʻng shakllangan boʻlib, gʻarbiy va sharqiy zoogeografik oʻlkalarning vakillari mavjud. Shimoldan janubga tomon tundra zonasida shimoliy bugʻu, oq ayiq, boʻri, qutb tulkisi, qora nazarka, tundra oq qushi, pushti rang chayka, oq kaklik, los, shimoliy bugʻu, ayiq, boʻri, daryo boʻylarida qunduz, burunduq, oq quyonni uchratish mumkin. Sharqiy Yevropa tekisligi ham qadimdan inson tomonidan oʻzlashtirilgan boʻlib, uning tabiiy landshaftlari oʻzgartirib yuborilgan. Tabiiy landshaftlarni saqlab qolish maqsadida bir qator qoʻriqxonalar, jumladan, Kandalaksha, Darvin, Voronej, Belovej, Askaniya-Nova, Astraxan, Xojer va boshqa qoʻriqxonalar tashkil etilgan.

Ural togʻligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ural tabiiy-geografik oʻlkasi oʻzining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng asosiylaridan biri Ural togʻlari ikki qitʼa orasida chegara vazifasini oʻtaydi. Ural togʻlari shimolda Kara dengizi qirgʻoqlaridan meridional yoʻnalishda 2000 km dan ortiq masofaga choʻzilgan. Mugʻojar togʻlari ham tektonik va geomorfologik jihatdan Ural togʻlarining janubiy davomi hisoblanadi. Ural togʻlari shimoliy qutbiy doirada kengligi 50 km boʻlsa, janubda uning kengligi 150 km ni tashkil etadi. Ural togʻlari shimoldan janubga tomon Yevrosiyo materigining tundra, oʻrmon-tundra, oʻrmon, oʻrmon-dasht va dasht zonalarini kesib

oʻtadi.

Ural-geologik tuzilishi va relefi jihatidan murakkab togʻ tizimi

boʻlib, togʻning mutloq balandligi va gorizontal boʻlinishidan kelib chiqib, quyidagi orografik qismlarga ajaratiladi:

  • 1. Pay-Xoy balandligi. Bu balandlik Yugar shar boʻgʻizi bilan Kara

daryosi vodiysida joylashgan. Mutloq balandligi 400-450 m ni tashkil etadi.

  • 2. Qutbiy Ural — Konstantinov Kamen togʻidan boshlanib, Xulta

daryosigacha davom etadi. Ayrim balandliklar 1200-1400 m gacha yetadi. Qutbiy Ural kengligi katta qismda 20-30 km dan oshmaydi. Pay Yer togʻi 1500 m gacha koʻtarilgan.

  • 3. Qutbyoni Ural togʻi — Ural togʻ tizimining eng baland qismi

hisoblanadi. Xulga va Shugora daryolari vodiysi oraligʻida joylashgan. Bu qismda Ural togʻining eng baland joyi Narodniya togʻi (1894 m) joylashgan.

  • 4. Shimoliy Ural — Shugora daryosi vodiysidan Kachkanar

togʻlarigacha davom etadi. Bu qismning eng baland qismi 1500 m ga toʻgʻri keladi.

  • 5. Oʻrta Ural — Kachkanar va Yurma togʻlari oraligʻida va Ural togʻ

tizimining ancha pasaygan qismi boʻlib, maksimal balandligi 1000 m dan past.

  • 6. Janubiy Ural — Yurma togʻidan Ural daryosi vodiysigacha

choʻzilgan. Bir nechta tizmalaridan iborat boʻlib, balandliklar 1200-1600 m gacha yetadi.

  • 7. Mugʻojar togʻlari — Ural togʻlarining janubiy qismi hisoblanadi.

Ural daryosidan Qozogʻistonning shimolidagi chala choʻllargacha 450 km masofaga choʻzilgan, maksimal balandligi 650 m ga yaqin. Ural togʻlarida balandlik landshaft mintaqalari shakllangan. Relefiga koʻra Uralni uch qismga: gʻarbiy yonbagʻir, markaziy togʻli qism va sharqiy yonbagʻirlarga ajraladi. Ural togʻlari turli xil foydali qazilmalarga boy boʻlib, turli geologik yoshga mansub boʻlgan togʻ jinslari va ular bilan bogʻliq turli-tuman foydali qazilmalar kristalli slaneslar, magmatik va choʻkindi jinslar mavjud. Ural togʻlarining meridional boʻylab uzoq masofaga choʻzilganligi, uning ayrim qismlarida iqlimining turlicha boʻlishiga sabab boʻlgan. Katta hududni subartktika va moʻtadil iqlim mintaqalari kesib oʻtadi. Shimoliy va janubiy hududlar iqlimi oʻrtasidagi asosiy farqlar shimoldan janubga borgan sari yalpi quyosh radiatsiyasining ortib borishi bilan farqlanadi. Oʻlka iqlimining shakllanishida gʻarbdan Atlantika okeanidan, shimoldan Arktika havo massalari keltiradigan siklonlar taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Uralda sovuqsiz kunlar 86-108 kun, janubiy Uralda esa 119 kungacha yetadi. Ural daryolarining toʻyinishida qor va yomgʻir suvlari asosiy oʻrinda turadi. Barcha daryolar bahorda sersuv boʻlib, yil fasllari boʻyicha suv sathida sarfi keskin koʻllar tektonik soyliklarda, shimolda qadimgi muzlik hosil qilgan chuqurlarda va morenalar toʻsib qolgan vodiylarda joylashgan. Oʻlkaning tekisliklarga tutash qismlarida zonal tuproqlari, togʻlarda togʻ-arktika va togʻ-tundra tuproqlari ajratiladi. Tundra tuproqlari mavjud yerlarda botqoq tuproqlar keng tarqalgan. Koʻp yillik muzloq maydonlar ham uchraydi. Ural togʻlari tundra, oʻrmon zonalarini kesib dashtlar zonasiga kirib boradi. Oʻlkada mox, lishayniklar, yagel, brusnika, Sibir yeli, qayin, kedr, olxa, pixta va boshqa oʻsimlik turlari oʻsadi. Ural oʻlkasi florasi 1600 turdan iborat, 25 ta endemik tur mavjud. Hayvonot olami juda boy, moʻyna beruvchi hayvonlar keng tarqalgan.

Iqtisodiy jihatdan Shimoliy Yevropada joylashgan mamlakatlarning va ularning poytaxtlari :

  1. T. V. Vlasova. Materiklar tabiiy geografiyasi (okeanlar tutash qismlari bilan birga)- Oʻqituvchi. T., 1981
  2. X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR

TABIIY GEOGRAFIYASI-Toshkent ,2021

  1. A.Soatov, .Abdulqosimov, M.Mirakmalov ning Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)