Shinwar tumani
Qiyofa
Shinvar ( pushtucha: شينوار ولسوالۍ, forscha: ولسوالی شینوار) — Afgʻonistonning Nangarhor viloyatidagi tuman. U Jaloloboddan Torxam chegara punktigacha boʻlgan asosiy magistral yo'lda joylashgan. Uning aholisi 100% pushtunlar. Aholi soni 2002-yilda 40,147 kishiga baholangan. Ulardan 16,000 nafari 12 yoshgacha boʻlgan bolalar edi. Tuman pushtunlarning Shinvari qabilasi markazida joylashgan.[1] Tuman markazi — Shinvar qishlogʻi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududda 2007-yil mart oyida Shinvar qirg'ini sodir boʻlgan edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nangarhar Province Tribal Map (Page 9). Naval Postgraduate School.