Kontent qismiga oʻtish

Shirachdoshlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shirachdoshlar — sarsabilnamolar qabilasiga mansub oila. Aksariyat ilmiy manbalarda loladoshlar oilasi tarkibida boʻlgan. Oila 50 ga yaqin turkum, 1400—1450 turni oʻz ichiga oladi. Tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda oilaning bitta koʻp yillik oʻtlardan iborat shirach nomli turkumiga mansub turlari oʻsadi. Bu turkumning barcha turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.