Shirkent
Shirkent | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hukumat | |
Asos solingan | 490-500-yillar atrofida |
Ilk eslatilishi | Temur Tuzuklari |
Rasmiy til(lar)i | o'zbek tili |
Aholisi (2020) |
3 000 kishi |
Milliy tarkib | o'zbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 180205 |
Avtomobil kodi | UZ 70 |
Shirkent (Qarshi tumani) (tojikcha: Shirkent) – Oʻzbekiston Respublikasining Qarshi tumaniga qarashli mahalla. Mahalladan tuman markazigacha 11 km, shahar markazigacha 21 km masofa bor.
Etimalogiyasi va tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq nomining kelib chiqishi tarixan olib qaraganda bu yerda qadimdan chorva (qoʻy-echki va sigir) larning koʻp boʻlganligi bilan bogʻliq. Shirkent fors tilida „shir“ sut va soʻgʻdcha „kent“ qishloq maʼnosini bildiradi. Toponomik olim T. Nafasov Shirkent atamasini „Baland tepalik yonidagi qishloq“ deb izohlaydi. Tepa ustidan uning yonidagi aholi yashaydigan joy chuqurlikday koʻrinadi. Shuning uchun bu yer „Chuqur qishloq“ deb ataladi. Shuningdek, bu yerda „Boʻyniqora“, „Ariqboʻyi“, „Dovud“, va „Gumbaz“ qishloqlari ham bor. Amir Temur Qarshi qal’asini qoʻlga olish maqsadida Shirkent qishlogʻida toʻxtab oʻtgan. Sarkarda bu borada o'zining „Temur tuzuklari“ kitobida alohida toʻxtalib oʻtgan: "... Lashkarlarim ichidan eng ishonchli, dovyurak, jang ko‘rgan yosh bahodir yigitlardan ikki yuz qirq uchtasini tanlab oldim va daryodan o‘tib, ilg'or yubordim. Shirkent mavzeyiga yetdim va o‘sha yerda bir kecha-kunduz to‘xtab, (so‘ng) yana yo‘lga tushib, Qarshi qal’asidan bir farsang masofaga kelib tushdim."[1]
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda „Ariqboʻyi“, „Boʻyniqora“, „Dovud“, „Gumbaz“ urugʻ toʻporlari ham mavjud. Qishloq bilan Qarshi tumani markazi Beshkent shahri oraligʻida 7 km masofa mavjud.
Qalʼalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shirkentda 2 ta tarixiy qal’a xarobalari mavjud.
Ulardan biri Gumbaz Buxortepa (V—XII asrlar) ikkinchisi Shirkenttepa (XVIII—XIX asrlar) dir