Shiroq dashti
Qiyofa
Shiroq dashti, Shiroq yassi togʻligi — Gruziyaning sharqiy qismidagi qir. Alazani va Iori daryolari oraligʻining jan.sharqiy qismida (Kura havzasi). Eng baland joyi 865 m. Tuproqlari qora va togjigarrang tuproq. Dasht oʻsimliklari oʻsadi. Iqlimi quruq. Oʻrtacha temperatura yanvarda — 1°, iyulda 26—26,5°. Yiliga 400—500 mm yogʻin tushadi. Dashtning oʻzlashtirilgan yerlariga makkajoʻxori, bugʻdoy ekiladi. Qishki yaylov sifatida foydalaniladi. Neft koni bor.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |