Kontent qismiga oʻtish

Shishakristallit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shishakristallit - shishani kristallash natijasida olingan sunʼiy polikristall material. Shishakristallit kristall va qoldiq shisha fazalaridan iborat. Kristallarning oʻlchamlari, odatda, 1 mkm gacha, konsentratsiyasi esa keng oraliqda (hajmga nisbatan 20—90%) boʻladi. Shishakristallit olishda qayta qizdirish paytida maʼlum bir kristall fazalar (mas, kordiyerit, spodumen, vollastonit va boshqalar) hosil qiladigan shishalardan foydalaniladi. Baʼzi hollarda Shishakristallit mayda donador shisha boʻlakchalarini kristallash yoʻli bilan tayyorlanadi. Qizdirish natijasida shisha boʻlakchalari kristallanadi, bir-biriga yopishib polikristall tuzilishga ega boʻlgan yaxlit materialga aylanadi. Kristallanish jarayonida avval shishada kristallanish markazlari hosil boʻladi, soʻngra kristallarning oʻsishi roʻy beradi. Kristallanish jarayonini tezlashtirish maqsadida shisha tarkibiga metall holdagi (Si, A§, Ai, 51, R1 va boshqalar) yoki metallmas katalizatorlar (TYU2, R205, Sg203, 2g02, 2p0, ZpO,, \¥03, Mo03, Se02, ftoridlar, selenidlar va sulfidlar) kiritiladi. Shishasozlikning rivojlanishi natijasida Shishakristallitning izdoshlari 2 fazali shishalar (boʻgʻiq shishalar, Reomyur chinnisi, fotosezgir shishalar) ham ishlab chiqarilmoqda. Shishakristallit xalqxoʻjaligining koʻpgina sohalarida, qurilishda, kimyo, togʻkon ishi, elektrotexnika sanoatlarida qoʻllanadi. Shishakristallit Ruminiyada — "rumin chinnisi", AQSH da — "pirokeram", Rossiyada — "sitall", Germaniyada — "vitrokeram", Chexiyada — "riston", Vengriyada — "minelbit", Polshada — "kvaziglaz" nomi bilan yuritiladi.