Shishpir
Shishpir - Sugʻd ixshidi (642-655-yillar). Uning ismi oʻzi zarb qildirgan sugʻdiy yozuvli tangalarda Shishpir, xitoy yilnomalarida Shashebi, arab manbalarida Shishbir shakllarida uchraydi. Ismining lugʻaviy maʼnosi sugʻdiycha — "din tarqatuvchi". Sh. dastlab Kesh hukmdori boʻlgan, keyinchalik oʻz qarorgohini Samarqandga koʻchirgan. Sh. oʻz nomidan mis tangalar zarb qilgan. Ularning bir tomonida shahrining nomi va malka (ixshid) soʻzi, ikkinchi tomonda Samarqand ixshidlari tamgʻasi va boshqalar belgilar tasvirlangan. Sh. davrida Sugʻdda pul munosabatlarining rivojlanishi tezlashgan va iqtisodiy koʻtarilish jarayoni kuchaygan. Bu davrda Sugʻd — Samarqand, Panch (Panjikent), Maymurgʻ, Ishtixon, Kushoniya (Kattaqoʻrgʻon), Kesh, Naxshab kabi bir nechta mayda davlatchalarga boʻlingan konfederatsiya shaklidagi boshqaruvga ega boʻlib, Turk xoqonligi tarkibida edi. 642 yilda Sh. oʻz elchilarini Xitoyga yuborgan. shahridan keyin taxtga ixshid Varxuman (655—696) chiqqan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Smirnova O.I., Svodniy katalog sogdiyskix monet, M., 1981.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |