Shlagbaum
Qiyofa
Shlagbaum (nem. — zarba va — yogʻoch, xoda) — avtomobil yoʻllari temir yoʻl izlarini kesib oʻtadigan joylarda poyezd oʻtayotgan paytda yon tomondagi transport qatnovini toʻxtatib turishga xizmat qiladigan toʻsiq. Transport yoʻli izidan kamida 10 m narida oʻrnatiladi. Dastaki yoki mexanik usulda koʻtariladigan, suriladigan, yogʻoch yoki metalddan tayyorlangan xillari bor. Poyezdlar koʻp qatnaydigan joylarda avtomat Sh. oʻrnatiladi. Avtomat Sh. poyezd yaqinlasha boshlaganda avtomatik tarzda tushib, yon tomondagi yoʻlni toʻsadi. Sh.lar qorongʻida aniq koʻrinib turadigan yoritqich signallarga ega boʻladi. Nazorat qilib turiladigan avtomobil yoʻllarida ham Sh. oʻrnatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |