Kontent qismiga oʻtish

Shlak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shlak (nem.), toshqol — 1) metallurgiyada — eritish jarayonlarida (masalan, poʻlat eritishda) suyuq metall sirtini qoplovchi (soviganda toshsimon yoki shishasimon holatga oʻtuvchi) eritma. Shlak pechga maxsus solinadigan flyus, metallurgiya reaksiyalari natijasida ajralib chiqadigan qoʻshilmalar va yoqilgʻi kulidan iborat. Asosiy komponentlari — kislotali oksidlar §YU2va asosli oksidlar SaO, GʻeO, M§0, shuningdek neytral oksidlar A1203, 2pO. Tarkibidagi bu oksidlarning miqdoriga qarab, Sh. asosli yoki kislotali boʻlishi mumkin.

Metallurgiya jarayonlarida shlak muhim rol oʻynaydi: metallni pechdagi muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qiladi, qalqib chiquvchi qoʻshilmalarni biriktirib oladi va boshqalar fizikkimyoviy funksiyalarni bajaradi; 2) bugʻ qozonlari oʻchoXlarida qattiq yoqilgʻi yonganda hosil boʻladigan qoldiqlar; 3) qurilishda — shlakportlandsement, mineral paxta va boshqalar olishda foydalaniladigan xom ashyo. Shlak beton toʻldirgichlari sifatida, yoʻl qurilishida ishlatiladi.