Shlangli protivogazlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shlangli protivogazlar — nafas yoʻllarini izolyatsiyalovchi turdagi himoya vositalari boʻlib, havodagi kislorodning oʻta past miqdorida yoki har qanday kimyoviy-fizik xususiyatdagi zaharli moddalarning oʻta yuqori konsentratsiyalaridan himoyalanishda qoʻllaniladi. Shlangli protivogazning ishlash mohiyati shundaki, unda nafas olish uchun beriladigan havo zararlanmagan, toza hududdan olinadi yoki avvaldan tozalanadi.

Shlangli protivogazlar gazsimon zaharli moddalar yoki CO2 yigʻilib qolishi mumkin boʻlgan, kimyoviy mahsulotlar saqlanadigan har xil turdagi sigʻimlar, yomkostlarni tozalash va taʼmirlashda, quduqlarda, kimyoviy ishlab chiqarish joylarining yerosti oʻtkazishlarida, dimoxodlarda, yertoʻlalarda ish bajarilganda qoʻllaniladi.

Shlangli protivogazlar ikki xil turda: PSh-1 va PSh-2 markirovkalari bilan ishlab chiqariladi.

Shlangli protivogaz PSh-1 quyidagilardan tuzilgan: armirovanniy rezina shlangli gofer trubka va shlem-maska, filtrlash korobkasi (olinayotgan nafasni changlardan tozalash uchun) va shlang uchini toza havo hidida qotirish uchun metall shtirlardan iborat. PSh-1 komplektiga quyidagilar kiradi: qutqaruv tasmasi, signal-qutqaruv arqoni, uch xil oʻlchamdagi shlem-maskalar va quti. PSh-2 ham xuddi PSh-1 kabi tuzilgan, faqat uning komplektiga havo haydash uskunasi-vozduxoduvka kiradi.