Shlyaxta
Qiyofa
Shlyaxta (polyakcha) — Markaziy Yevropaning bir nechta mamlakatlarida (ayniqsa, Polsha, Litvada) hukmron tabaqaning nomlanishi; dvoryanlikka mos keladi. Dastlab Sh. — dunyoviy feodallarning quyi guruhi, ritsarlar. Keyinchalik shahrining siyosiy rolini ortishi bilan uni huquqiy jihatdan dunyoviy feodallarning oliy guruhi — magnatlar tarkibiga kiritilishiga olib kelgan. 16—18-asrlarda PolshaLitva davlatida Sh. respublikasi davlat tuzumi qaror topgan. 18-asrda Rech Pospolita boshqa davlatlar oʻrtasida taqsimlangandan soʻng Sh. dvoryanlik bilan tenglashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |