Shoberdi baxshi
Qiyofa
Shoberdi baxshi (taxallusi; asl nomi Boltayev Shoberdi) (1944.9.4, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). Termiz universitetining pedagogika fakultetini tugatgan (1972). Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1999). Dostonchilikni Xushboqbaxshidan oʻrgangan, asosan doʻmbira joʻrligida kuylaydi. Ilk ijodini termalar aytishdan boshlagan ("Oypari", "Ogʻajon", "Nima yomon — shu yomon" va boshqalar). Uning repertuaridan "Alpomish", "Kuntugʻmish", "Oyparcha", "Sanam gavhar", "Oltin qaboq", "Suluvxon", "Malla savdogar" kabi dostonlar oʻrin olgan. "Alpomish" dostonining 1000-yilligi oldidan boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo baxshilari koʻriktanlovining sovrindory (Termiz, 1999).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |