Kontent qismiga oʻtish

Shodi Shoimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shodi Shoimov (1925, Shahrisabz tumani — 1944.24.3, Mogilev viloyati) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushga qadar kzda ishlagan. 1942-yil fevraldan armiya safida. 1944-yildan frontda. 1266-oʻqchi polki (2-Belorussiya fronti, 50-armiyaning 385-oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi boʻlgan. 1944-yil 27 iyunda Mogilev viloyatining Dashkova qishlogʻi yaqinidagi jangda jasorat koʻrsatgani uchun vafotidan soʻng Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Aravon qishlogʻidagi maktabga, Shahrisabz shahridagi koʻchalardan biriga va kinoteatrga uning nomi berilgan. Shahrisabzning markaziy maydoniga haykali qoʻyilgan.[1][2]

  1. "Shodi Shoimov" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Kargapoltsev, Sergey. "Шаимов Шади" warheroes.ru (rus.)