Kontent qismiga oʻtish

Shohbonu (Sukmanning rafiqasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohbonu
Vafoti 1164-yil
Turmush oʻrtogʻi Soʻkman II
Otasi Saltuk II

Shohbonu (shuningdek Shoh-i Banup, Shohbonuvon nomi bilan ham tanilgan, turkcha: Şah Bânû, Şah-i Bânûp, Şâh Bânuvân; 1164-yildan keyin vafot etgan) – Saltuklu bekligining amiri Izedin Saltukluning qizi va Ahlat hukmdori Soʻkman II ning xotini.

Ibn al-Asirning yozishicha, Shohbonu Saltuklu bekligi hukmdorining qizi, Izeddin Saltukluning singlisi boʻlgan[1]. Kotib Chelebiy uni „Silik“ning singlisi[2], Shoh-i Banup-xotun deb atagan[2]. Eduard von Zambaurning taxminlariga koʻra, Shohbonu Saltukluning singlisi hamda Alining qizi boʻlishi mumkinligi aytilgan. Aslida esa Shohbonu Saltukluning qizi boʻlgan[3][1][4][5].

Oilaviy holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda uning nikohi haqida ham keltirilib oʻtilgan. Shohbonu Ahlat hukmdori Sukman II bilan turmush qurgan[6][7]. Xillenbard uni „mustaqil ayol“ deb tariflagan[8]. Ibn al-Azroq, ibn al-Asir va O.Turonning taʼkidlashicha, Shohbonuning nikohi 1148—1149-yilda tugatilgan[7][6].

Shohbonu ismi 1154-yilda Ahlatdagi inqiroziga aloqador shaxslar orasida ham tilga olingan. Vazir Bahovuddin Shohbonu va Sukmon II bilan janjallashib qolgani sababli Ahlatni tark etib, Xoʻyga yoʻl olgan. Biroq u yoʻlda qoʻlga olinib, Ahlatga qaytarilgach, zindonband etilgan va mol-mulki musodara qilingan[5].

1153—1154-yillarda Saltuklu gruzinlar tomonidan asirga olingan. Sukman II va Artukiy Nejmeddin Alpi (Saltukluning amakivachchasi) Saltuklu uchun 100 ming dinor fidya yuborgan. Shohbonu otasining ozod qilinishida katta rol oʻynagan[9][7][6]. Ibn al-Asirning yozishicha, „u Kurjlar podshosiga qimmatbaho sovgʻa yuborib, evaziga otasini qoʻyib yuborishni soʻragan“[10].

Koʻpchilik yilnomalarda yozilishicha Sukmanning oʻgʻli boʻlmagan. U singlisi va Artukid Najmiddin Alpning oʻgʻli Qutbuddin Gʻoziy II ni tarbiyalagan. 1164-yil boshida (boshqa baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa 1165-yilda) Shohbonu Faxriddin Qora-Arslonning qiziga uylangan Qutbiddin II-Gʻoziyning toʻyida hurmatli mehmonlardan biri boʻlgan[5][4]. Shohbonu Silvanda ajoyib ziyofat uyushtirib, shogirdlari va boshqa amirlarga turli dabdabali liboslar (toʻnlar) taqdim etgan[5].

Bekliklardagi ayollar boshqaruvda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan. Shohbonu ham erining eng yaqin yordamchisi boʻlgani taxmin qilinadi. Unga amaldor Asad ibn Ammar al-Xotiy yordam bergan. Shohbonu qurilish ishlarida koʻp ishtirok etgani aytib oʻtilgan. Uning buyrugʻiga asosan Bitlis dovonidagi eski yogʻoch koʻprik toshli qilib qayta qurilgan. Bundan tashqari, 1165-yilda u yana toʻqqizta tosh koʻprik, shuningdek, Bitlisdan Ahlat va Erzengacha boʻlgan barcha yoʻllarni qurdirgan. Shuningdek, u Bitlisning quyi qismida darvoza va dovon yaqinida karvonsaroy ham bunyod ettirgan. Bu karvonsaroyda 300 ga yaqin yuklarni joylash imkoniyati mavjud boʻlgan[11][5].

Tarixchi I. X. Erdem Shohbonuni „Sukmanning misli yoʻq xotini“[5] deb atagan.

  1. 1,0 1,1 Özaydın 2009.
  2. 2,0 2,1 Кятиб Челеби 1973.
  3. Sümer 1990.
  4. 4,0 4,1 Sümer 1989.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Erdem 2002.
  6. 6,0 6,1 6,2 Atçeken, Yaşar 2016.
  7. 7,0 7,1 7,2 Turan 1998.
  8. Hillenbrand 1979, s. 373.
  9. Leiser 1995.
  10. Ибн-ал-Асир 1940.
  11. Kayhan 2021.
  • Kayhan H. Ahlatşah II. Sökmen ve Zamanı (1122—1185)(turk.) // Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi. – Fatih ÜNAL, 2021. – Andoza:Bsokr, Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-091X.
  • Özaydın A. Saltuklular(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2009. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.
  • Şeker D. A. Mama Hatun(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2003. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. Sümer F.[tr]. Ahlatşahlar(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 1989. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.
  • Sumer F. Saltuklular(turk.) // Selçuklu Araştırmaları Dergisi. – Selçuklu/Konya: Selçuk Üniversitesi, 1971. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-0154.