Shohdara bogʻ
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shohdara bogʻ | |
---|---|
شاہدره باغ | |
Umumiy maʼlumot | |
Manzili | Panjob |
Shahar | Lohur |
Mamlakat | Pokiston |
Shohdara bogʻ |
Shohdara Bogʻ (urducha: شاہدره باغ) – Panjobdagi (Pokiston) Ravi daryosining Lohur qal’asiga qarama-qarshi tarafidagi sohilida joylashgan tarixiy hudud. Shohdara Bogʻda Boburiylar davrining bir qancha yodgorliklari, jumladan Jahongir maqbarasi, Akbari Saroy, Osaf Xon maqbarasi, Nur Jahon maqbarasi va Kamron Mirzo Baradari joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shohdara soʻzini „shohlar eshigi“ yoki „shohlar yoʻli“ deb tarjima qilish mumkin. 15-asrda Shohdara Boburiylar davlati davrida Lohurga kirish darvozasi boʻlgan. U bir nechta tarixiy obyektlarini oʻz ichiga olgan. Bular Akbari saroy, Jahongir maqbarasi va Osaf Xon maqbarasi. Shohdara bogʻda Kamron Baradari ham joylashgan. Bu joy dastlab Ravi daryosi qirgʻogʻida qurilgan. Daryo oqimining oʻzgarishi uni daryo oʻzanidagi orolchaga aylantirgan. Kichik bogʻda Boburiy malikasi Dohita Un Nissa Begim (1651—1697) qabri joylashgan.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahdara bogʻ temir yoʻl vokzali Shohdara va uning atrofidagi tumanlarga xizmat koʻrsatadi. Shohdara metrobus bekati Ravi daryosining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan.
Galareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Jahongir maqbarasining ichki koʻrinishi.