Kontent qismiga oʻtish

Shohi Jamiya masjidi

Koordinatalari: 15°37′32″N 77°16′20″E / 15.625556°N 77.272222°E / 15.625556; 77.272222
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Shohi Jamiya masjidi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Adoni
Koordinatalar 15°37′32″N 77°16′20″E / 15.625556°N 77.272222°E / 15.625556; 77.272222[1]
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Malli Sandal
Asoschi Siddi Masudxon[2]
Qiymati 2,000,000 dinor + 77,000 rupiy
Asosiy sana:
1662 (361 yil avval) (1662)
Umumiy maydoni 10 akr (4.0 ga)
Hajmi 1000 kishi
Qurilish materiali granit

Shohi Jamiya masjidi – Hindistonning Adoni shahrida joylashgan masjid. Masjid arxitektura va madaniy merosning muhim yodgorligi hisoblanadi. Jamiyatning barcha qatlamlari va turli dinlariga mansub odamlar ushbu tarixiy binoga tashrif buyurishlari va suratga olishlari mumkin[3][4]. U shahar markazida, bozor yaqinida, shahar ichidagi juda gavjum joyda barpo etilgan[1].

Qurilishi va arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Bijapur sultoni Sikandar Odilshoh qoʻl ostida xizmat qilgan gubernator Masud Xon tomonidan qurilgan. Masudxon 1683-yilda Adoniyda nafaqaga chiqqan[5]. Masudxon bu yerni Muhammad Shahnoz Namiadan 77 000 rupiy berib sotib olgan va masjid qurilishi uchun jami 2 000 000 dinor miqdoridagi mablagʻ sarflangan. Ushbu masjidning meʼmorlari Malli Sandal boshchiligidagi eronlik muhandislar boʻlgan. Bu masjidning oʻziga xosligi shundaki, masjidning maydoni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Kaʼba bilan bir xil tarzda barpo etilgan.

Masjidning old tomonida 15 ta qora plitalar mavjud boʻlib, ularda masjid haqidagi maʼlumotlar arab va fors tillarida Qur’onning baʼzi oyatlari bilan birgalikda yozilgan. Shuningdek, ular orasida hadislardan ham namunalar keltirilgan. Masjidning chap va oʻng minoralarida joylashtirilgan zanjirlar unga yanada goʻzallik baxsh etadi.

Atrofidagi hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino masjid qoʻmitasiga qarashli doʻkonlar bilan oʻralgan. Jumladan masjid atrofida quyidagi hududlar mavjud:

  • Old tomoni – bozor, P. N. yoʻli
  • Orqa tomon – Masudiya Arab oʻrta maktabi, Masid Pura, Xazi Pura
  • Oʻng tomoni – Gul bozori
  • Chap tomon – Shroff bozori

Masjid atrofida hozirga qadar faoliyat yuritayotgan bozor majmuasi mavjud.

Taʼlim muassasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qoʻmitasi, shuningdek, masjidda Mas’udia Arab High School deb nomlangan oʻrta maktab faoliyatini nazorat qiladi. U Siddi Masud Xon sharafiga shunday nomlangan.

  1. 1,0 1,1 „Shahi Jamia Masjid in Adoni Phone Number Address Photos Website - by SabMilega.com“. sabmilega.com. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  2. „The Shahi Jamia Masjid - Information by Easy Tours of India“. www.easytoursofindia.com. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  3. „Shahi Jamia Masjid | Mosque in Adoni | India | reviews, map, events, deals & offers, discussion forum - JantaReview“.
  4. http://www.veethi.com›Places›Adoni,Andhra Pradesh›Adoni Photos
  5. Wright. „Front interior view, Jamma Masjid, Adoni, Bellary District“. www.bl.uk. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.[sayt ishlamaydi]