Shohimardon Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shohimardon Mirg'iyosovich Ibrohimov ( 1841, (ba'zi manbalarda 1840), Ko'kchatov atrofidan - 1892 (boshqa manbalarda 1891), Jidda, Saudiya Arabistoni) - jurnalist, etnograf, diplomat, tarjimon (turk, fors, arab va boshqa tillarni bilgan) o'lkashunos. [1] Turkiston o'lkasida birinchi o'zbek taqvimini tuzgan.

Shohimardon Mirg'iyosovich Ibrohimov
Tavalludi 1840-1841 y
Ko'kchatov, Qozog'iston
Vafoti 1891-1892 yil
Jidda, Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Kasbi jurnalist, diplomat, etnograf, tarjimon
Mukofotlari 1880 yil "4 yillik diplomatik xizmatlari uchun"

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishi - orenburglik boshqirdlardan (aslzoda oiladan). Omsk kadetlar korpusida tahsil olgan. So'ngra, Oqmo'la viloyati Petropavlosk shahridagi turli xil muassasalarda ishlagan. 1850 yilda Ko'kchatov okrugi boshlig'i Chingiz Valixonovning kotibi bo'lib, 1863-1867 yillarda Omskdagi qozoq maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan;

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1867 yildan - Toshkentda Turkiston general-gubernatorning tarjimoni (boshqa [2]maʼlumotlarga koʻra, 1870 yildan Turkiston general-gubernatorligi hukumat idorasida tarjimon boʻlgan. 1870—1890 yillarda — «Turkiston viloyatining gazeti»ning muharriri, (boshqa manbalarga ko'ra 1870—1881 yillarda muharrirlik qilgan). 1880 - 1881 yillarda Rossiyaning buxoro amirligidagi elchisi, 1881 yildа — Qoshg'ar shahrida консул (Xитoй), 1886 yildan Turkiston general-gubernatorligining Sankt-Piterburgdagi vakili). 1890 (ba'zi manbalarga ko'ra, 1891) yildan Jidda shahridagi Rossiya bosh konsuli etib tayinlangan.

O'zbek tilidagi birinchi taqvimni tuzgan. Bu taqvim 1871 yilda 500 nusxada chop etilgan. Kuz faslida bu taqvim zarurat tufayli qayta chop etilgan.1873 yilda taqvim Moskva bosmaxonasida chop etilgan. Bu taqvim ham rus, ham o'zbek tilida alohida nashr etilgan ilk taqvim hisoblanadi. Bu taqvim o'sha davr Rossiya imperiyasi va Turkiston general-gubernatorligi haqida ma'lumot beruvchi muhim manba hisoblanadi.

1880 yilda Sh. M. Ibrohimov Turkiston general-gubernatorligining "4 yillik samarali diplomatik xizmati uchun" tashakkurnomasiga loyiq deb topilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [www. wikipediya.ru „Shagirmardon Miryosovich Ibragimov“] (rus). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. [www.ziyouz.com „Istoriya natsionalnoy jurnalistiki“] (rus). Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.