Kontent qismiga oʻtish

Shohsanam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shohsanam — qadimiy shahar xarobasi (mil. av. 1-ming yillik — mil. 13-asr). Koʻhna Urganch shahridan 90 km jan.gʻarbda joylashgan. 1939 va 1952-yillarda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Sh. mil. 4-asrda tushkunlikka uchrab, 9-asrda qayta tiklangan. Biroq 13-asrda moʻgullar hujumi natijasida vayron qilingan. Shaharning ichidan va atrofidan shishasozlik, kulolchilik ustaxonalari, hammom va masjid xarobalarining qoldiqlari topilgan. shahridan qalʼa devorlari ochilgan. Shulardan oʻrta asrlarda qurilgan istehkomlar yaxshi saqlangan. Shahar markazida 12-asrga oid peshtoqi ganchdan manzarali oʻimakorlik naqshlar bilan bezatilgan masjid ochilgan. Qazish paytida tangalar, sopol, jez, shisha va toshdan yasalgan idishlar, bezaklar, buyumlar, mato, madaniy oʻsimlik va maqbara qoldiqlari topilgan.