Shoikrom Shoislomov
Shoikrom Shoislomov | |
---|---|
Tavalludi |
1908-yil Toshkent shahri |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tarjimon |
Institutlar | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti |
Dini | Islom |
Shoikrom Shoislomov — tarjimon va olim. 1908-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi Shoislom Shomuhammad oʻgʻli xattot va mudarris boʻlgan.
Shoikrom Shoislomov 1922-yilgacha eski maktabda Mirza Ahmad Hoji ismli domlada tahsil olgan. 1926-yilgacha Beshyogʻochdagi „Holmatboy“ madrasasida mudarrisslik qiluvchi otasidan arab tili grammatikasi va ritorikani oʻrgangan.
Soʻngra Toshkentdagi „Degzer“ madrasasida mudarris boʻlib turgan Said ibn Muhammad al Asiydan 1930-yilgacha arab adabiyoti boʻyicha madrasa talimini olgan. Keyingi yillarda turli idoralarda bugalter boʻlib ishlagan. 1961-yildan esa Oʻzbekistob SSR fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutiga ilmiy xodim boʻlib ishga kirgan.
Shoikrom Shoislomov institut fondida saqlanayotgan arab tildagi qoʻlyozma asarlarni aniqlash va kartochka yozish ishlarini olib borgan. Keyinchalik Ibn Sinoning „Aljuza“ asari ustida ilmiy ish olib bordi.
Shoikrom Shoislomov 20-asr arab adabiyotidan oʻzbek tiliga bir qancha tarjimalar qilgan. Jumladan I. Abdullayev bilan birga misr yozuvchisi Abdurahmon ash Sharkoviyning „Yer“ (Al Arz) romanini oʻzbek tiliga arjima qilgan.