Kontent qismiga oʻtish

Shojalilovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shojalilovlar — aka-uka xonanda va sozandalar, oʻzbek anʼanaviy ijrochiligiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlar. Shojalilov Shoqosim (1909.9.9 — Toshkent — 1984.9.7) — xonanda va sozanda (tanbur), Oʻzbekiston xalq hofizi (1950). Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1927), Oʻzbekiston radiosining xalq cholgʻulari ansamblida sozanda va xonanda (1930—73). Shojalilov Shoolim (1921.21.5 Toshkent 1989.29.9) hofiz va sozanda (tanbur, dutor). Oʻzbekiston radiosining xalq cholgʻulari ansamblida xonanda (1942—53). Shojalilov Shoakbar (1926.3.2 — Toshkent —1987.3.9) — hofiz va sozanda (tanbur, tor). Sh. sanʼatkorlar oilasidan boʻlib, otasi Shojalil hofiz, amakisi Sh.Shoumarov, togʻasi Toʻychi hofiz, shuningdek, Yu.Rajabiy, A.Vahobov, A.Haydarov, J.Sultonov, Domla Halim va boshqalardan maqom, ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻzlashtirganlar. Sh. lirik, diapazoni keng ovoz sohiblari boʻlib, hamnafaslik ijro uslubida oʻziga xos samimiylik va shiradorlikka erishgan. shahrining ashula va maqom yoʻllarini talqin etilishi ovozlar va joʻrnavoz sozlar hamohangligi, jumlalarning maromiga yetkazib aytilishi, milliy xonandalik anʼanalariga xos boʻlgan sayqal va qochirimlardan mohirona foydalanish, joziba va joʻshqinlik, mumtoz ijro uslubi bilan ajralib turadi. Repertuaridan FargʻonaToshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq", "GulyorShahnoz", "Toshkent Irogʻi"), ashula ("Koʻcha bogʻi — 12", "Ilgʻor", "Girya", "Suvora", "Munojot", "Eshvoy", "Naylaram") va yalla ("Figʻondur", "Hajringda", "Jonon jamoling") oʻrin olgan. Sh. ijro etgan maqom va ashula yoʻllari Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinkaga yozilgan.

Rustam Abdullayev.