Kontent qismiga oʻtish

Shokir Alimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shokir Alimov
Alimov Shokir Alimovich
Tavalludi 28-mart 1912-yil
Vafoti 28-mart 1976-yil(1976-03-28)
(64 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Shokir Alimovich Alimov (1912.28.9-1976.28.3, Toshkent) — ftiziatr, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1953). SamMIni tugatgan (1935). Oʻzbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining ordinatori (1935-40), Toshkent shahri 2sil kasalxonasining bosh vrachi (1940- 41), sil kasallari sanatoriysining bosh vrachi (1941 — 43), Oʻzbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining assistenti, soʻngra katta ilmiy xodim (1943-46), 1951-yildan shu institut direktori, ayni vaqtda (1953-yildan) Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti sil kasalliklari kafedrasining mudiri. Alimov silning epidemiologiyasi, oddini olish va davosi ustida ishlab, bemorlarni mehnat bilan davolashni ilgari surdi. Uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonda mehnat bilan davolash sanatoriysi, koʻplab sil dispanserlari ochildi. Oʻzbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutiga, Toshkent koʻchalaridan biri Alimov nomi bilan atalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil