Kontent qismiga oʻtish

Shokir Xoliqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shokir Xoliqov
Tavalludi 30-noyabr 1992-yil (1992-11-30) (32 yosh)
Kasbi rejissyor
Millati oʻzbek

Shokir Xoliqov (1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumani) – Kinorejissyor va ssenarist.

Shokir Xoliqov 1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyating Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. Shokir Xoliqov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Televideniye va radio rejissyorligi“ boʻyicha tahsil olgan. Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali doirasida „Choy“ nomli qisqa metrajli filmi Gran-prisini qoʻlga kiritgan. Xoliqovning debyut „Yakshanba“ badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi „Osiyoning yangi isteʼdodlari“ yoʻnalishining eng oliy mukofoti – „Oltin kubok“ka sazovor boʻldi. Yosh rejissyor shu paytgacha Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda boʻlib oʻtgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida gʻolib boʻlgan[1]. Shokir Xoliqovning „Qiz va bulut“ animatsion filmi Yaponiyada oʻtkazilgan „DigiCon6 Asia“ animatsion filmlar festivalida ikkita mukofotni qoʻlga kiritgan. Film „Mintaqaning oltin filmi“ va „Festivalning oltin filmi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilib, 3 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlangan[2].

  • Messi
  • choy
  • Ifor
  • Ichan qal’a
  1. „“O‘zbekkino”ning servizi tufayli mashhurlikka erishgan rejissyor Shokir Xoliqov bilan AQShga o‘qishga ketayotgani va karyerasini O‘zbekistonda ko‘ra olmasligi haqida intervyu (video)“. daryo.
  2. „daryo.uz“ (2021-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-yanvar.