Kontent qismiga oʻtish

Shomurot Oʻtemurotov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shomurot Oʻtemurotov (1929.1.6, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). 1955-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida aktyor. Oʻ., asosan, komik rollar ustasi sifatida tanilgan. Sattor (J.Oymurzayev, "Ravshan"), Xon (Sh. Husayinov, "Aldarkoʻsa"), Elbrus (G. Xugayev, K.Pliyev, "Xotinimning eri"), Sudya (G.Gorin, "Oti oʻchsin"), Doshum (S.Xoʻjaniyozov, "Suymaganga suykanma") kabi obrazlarda aktyor mahorati namoyon boʻldi. Oʻtkir xarakterli hamda samimiy kulgi uygʻotuvchi rollar bilan bir qatorda chuqur dramatik obrazlari ("Kelin"da Darimbet, "Yaralangan yuraklar"da Sapar ota va boshqalar) bilan ham tanildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil