Shou Jorj Bernard
Ushbu sahifani George Bernard Shaw bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Shou Jorj Bernard (1856.26.7, Dublin 1950.2.11, EyotSentLorens) — ingliz yozuvchisi, dramaturg. 1871-yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy boʻlib ishlagan. 1876-yilda Londonga koʻchib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shugullangan. Dastlabki romanlari — "Misi chiqqan nikoh", "Artist sevgisi", "Keshel Bayronning kasbkori", "Havaskor sotsialist" 1881—83 yillar chop etilgan.
shahrining "Tul xonadonlari" (1882), "Yurakxoʻr" (1883), "Uorren xonimning kasbkori", (1884) ilk pyesalari sahna yuzini koʻra olmagan. Shu bois muallif ularni "Yoqimsiz pyesalar" (1898) nomi bilan nashr etgan. Shundan soʻng shahrining "Yoqimli pyesalar" ("Qurol va inson". "Kandid", 1894; "Taqdir arzandasi", "Yashasak — koʻrarmiz", 1895) hamda "Puritanlar uchun uchta pyesa" ("Shaytonning shogirdi", 1896—97; "Sezar va Kleopatra", 1898; "Kapitan Brasbund ning murojaati" eʼlon qilingan. Ushbu pyesalarni yaratish jarayonida shahrining dramaturgik metodi uzilkesil shakllangan va u "gʻoyalar dramasi" sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri boʻlib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Sh. 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan.
shahrining "Pigmalion" (1913), "Yuraklar vayron boʻlayotgan xonadon" (191319), "Olma ortgan arava" (1919), "Mafusail sari orqaga" (1918—20), "Avliyo Ioanna" (1923), "Yomon boʻlsa ham, haqiqat" (1931), "Millioner ayol" (1936), "Jeneva" (1938), "Yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida" (1939) kabi asarlari rangbarang mavzularga, turli janr koʻrinishlariga ega boʻlib, unda tarix va jamiyatda roʻy bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni turli nuqtai nazardan koʻrsatishga qaratilgan. shahrining gumanizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea boʻlgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyetiga katta turtki bergan. Nobel mukofoti laureati (1925). Ayrim pyesalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Polnoye sobraniye pyes. t. 1—6, L., 1978-80.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pirsoi X., Bernard Shou. M., 1972; Balashov P., Xudojestvsnniy mir Bernarda-Shou, M.. 1982.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |