Kontent qismiga oʻtish

Shoyi instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"SHOYI" INSTITUTI, Oʻzbekiston "Shoyi" ilmiy tadqiqot instituti — ipakchilik sohasidagi ilmiy muassasa. "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tarkibiga kiradi. Margʻilon shahrida joylashgan. Pilladan ajratib olingan ipak xom ashyosini, ipak mahsulotlari va ipakni qayta ishlash jarayonidagi chiqindilarni qayta ishlashning texnologik, iqtisodiy, meʼyoriy va tashkiliy muammolarini oʻrganadi. 1937-yil 29 iyulda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1958-yilda hukumat qarori bilan ipakchilik rivojlangan Margʻilon shahriga koʻchirildi. institut tarkibida 5 ilmiy laboratoriya (pillakashlik, iqtisodiy, meʼyoriy izlanishlar, chiqindilarni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish) va ipak mahsulotlarini sertifikatsiyalash markazi faoliyat koʻrsatadi (2005). Toshkent shahrida filiali bor. institut olimlari tomonidan Toshkent toʻqimachilik mashinalari maxsus konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda bir qator pillakashlik mashinalari tizimi (SKE4VU; KZ150SHL va boshqalar), texnologik uskunalar (SMM6, MK1, RKU va boshqalar) yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi, 42 ixtiro uchun mualliflik guvohnomalari olingan. institut faoliyati E.B.Rubinov, M.Mirzaraxmetov, A.B.Novikov, M.Sh.Mirqosimov, F.QQoʻqonboyev, O.AOxunboboyev, G.A. Rahimjonov, G.N.Valiyev, G.G. Asrorov kabi olimlar faoliyati bilan bogʻliq. institut ilmiy toʻplamlar nashr etadi. Pillachilik va ipakchilik boʻyicha boy ilmiy kutubxonaga ega.