Shponka
Qiyofa
Shponka (polyakcha zgropka, nem. pona, qistirma) — 1) mashina va mexanizmlarda val (oʻq)ni unga kiydirilgan detal (shkiv, shesternya va boshqalar) bilan biriktirish uchun moʻljallangan detal. Shkiv, tishli gʻildirak (shesternya) va boshqalar gupchagidagi hamda vallar tanasidagi oʻyiqlarga qoʻyiladi. Prizmatik, ponasimon, segment shaklli xillari bor. shahridan foydalanib hosil qilingan birikma shpon kali birikma deb ataladi; 2) yogʻoch konstruksiya elementlarini bir-biriga biriktiruvchi siljitish kuchiga toʻsqinlik qiluvchi detal; 3) gidrotexnika inshootlari choklarini zichlovchi qistirma. Gidroizolyatsiya materiali (bitum) dan qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |