Kontent qismiga oʻtish

Shrook Wafa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shrook Vafa (1997-yil 13-mayda tugʻilgan)[1] — misrlik ayol shaxmatchi. U FIDE ayol grossmeyster unvoniga ega.

Shrook Wafa
Mamlakat Misr bayrogʻi Misr
Tugʻilishi 13 May 1997 (1997-05-13) (yoshi 27)
Misr
Saravha Ayol grossmester
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Shrook Wafa 2013-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Afrika chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[2] Ushbu muvaffaqiyat tufayli u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi[3] va 2015-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.[4]

Shrook Wafa 2014, 2016 va 2019-yilgi shaxmat boʻyicha Afrika chempionatida ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, gʻolib boʻldi.[5]

2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u birinchi raundda dunyoning ikkinchi raqamli shaxmat ayol grossmeysteri Ju Venjun tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Bu uning jahon chempionatidagi debyuti edi.

Shrook Wafa 2012-yil FIDE xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM) unvonini qoʻlga kiritdi. Bundan bir yil avval esa u WFM unvoniga sazovor boʻlgan edi.

U 2015-yilgi FIDE ning TOP-100 talik shaxmatchi qizlar roʻyhatiga kiritilgan.

Shrook Wafaning FIDE reytingidagi natijasi shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha yuqori (2038 ball 2022-yil avgust holatiga koʻra).[6]

U oq donalarda oʻynab, jami 312 ta gʻalaba, 76 ta durang hamda 134 ta magʻlubiyat bilan yakunlangan oʻyinlarni namoyish etgan. Shrook Wafaning qora donalar bilan boʻlgan oʻyinlari ham u qadar katta tafovutga ega emas, 299 ta gʻalaba, 150 ta magʻlubiyat va 70 ta durang bilan yakunlangan oʻyinlar (2022-yil avgust holatiga koʻra) shular jumlasidandir.[7]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shrook Wafaning singlisi Shahenda Wafa ham ayol grossmeyster hisoblanadi. Opa-singil Wafalar musobaqalarda Misr nufuzi uchun dona suradilar.