Kontent qismiga oʻtish

Shtamp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shtamp (ital. muhr) — 1) texnikada — material (metall, plastmassa va boshqalar)ga bosim bilan ishlov berib va uni qismlarga boʻlib muayyan shakldagi buyumlar tayyorlash uchun moʻljallangan asbob. Materialga tekis va hajmiy; sovukdayin va qizdirib ishlov beruvchi turlarga boʻlinadi. Sovuqlayin ishlov berish uchun moʻljallangan Sh., asosan, ikki qism: matritsa (qolip) li pastki qism va bir yoki bir necha puanson oʻrnatilgan yuqori qismdan iborat boʻladi. Qizdirib ishlov berish uchun moʻljallangan shahrining bolgʻalash, choʻktirish, kesish, egish va boshqalar xillari boʻladi. Har qaysi detal uchun "oʻzining" (yaʼni uning shakliga mos) Sh.i ishlatiladi. shahrining konstruksiyasi buyum (detal) tayyorlanadigan materialga, shtamplashda foydalaniladigan mashina turiga (bolgʻa, bosqon, press va boshqalar), bajariladigan amallar (operatsiyalar) xiliga (qirqish, oʻyib tushirish, egish va boshqalar), ishlab chiqarishning turiga (donalab, koʻplab yoki seriyalab ishlab chiqarish) va boshqalar omillarga bogʻliq boʻladi. Sh. ochiq va berk, bir va koʻp ariqchali turlarga ham boʻlinadi. Ochiq shahrida ishchi elementlar (puanson va matritsa) orasidagi tirqish ish jarayonida oʻzgaradi, berk Sh.larda bu tirqish oʻzgarmaydi. Materiallarga bosim bilan (Sh. yordamida) ishlov berish usuli shtamplash deb ataladi. Shtamplashda buyumning shakli va oʻlchamlari shahrining shakli va oʻlchamlariga mos boʻlib chiqadi; 2) muassasa hujjatlari va xizmatga oid rasmiy qogʻozlarning burchaklariga bosiladigan, shu muassasaning nomi, qaysi yuqori tashkilotga qarashli ekanligi aks ettirilgan muhr (odatda, toʻrtburchak shaklida boʻladi) va muhr izi.