Kontent qismiga oʻtish

Shtopor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shtopor (gollandcha – tiqin) – 1) aviatsiyada – samolyotning barcha uch oʻqi atrofida oʻz-oʻzidan aylanib va kichik radiusli spiral hosil qilib xavfli pasayishi. Samolyot ataka burchagidan chetga chiqqanda yuz beradi. shahrining oʻnaqay, chapaqay, tik, qiya, tekis, turgʻun va noturgʻun xillari boʻladi. Sh. Koʻpincha uchuvchining xatosi tufayli yuz beradi. Baʼzan, mashq qilish va sport maqsadlarida uchuvchi samolyotni ataylab Sh. holatiga kiritishi mumkin. Samolyotni ataylab Sh. holatiga kiritish yoki undan chiqarishni birinchi marta 1916-yilda rus harbiy uchuvchisi K. K. Arseulov amalga oshirgan. Keyinchalik ingliz olimi G. Glatsert, rus olimi V. S. Pishnov shahrining nazariy asosini yaratishgan. Hozir samolyotni Sh. holatidan chiqarish oddiy ishga aylanib qolgan. Sinov uchishlari paytida shahriga qarshi parashyutlar yoki raketalar qoʻllanadi; 2) yoʻgʻon (10–20 mm diametrli) poʻlat simni spiralsimon shaklda burab tayyorlanadigan burgʻisimon asbob (qoziq). Bir uchida arqon (kanat) bogʻlash uchun halqa boʻladi. shahrini yerga, daraxtga yoki muzga burab kirgizib, halqasiga samolyot, vertolyot, kichikroq kemalar, palatkalar arqon bilan bogʻlab (shvartovka) qoʻyiladi; 3) rezina, poʻkak tiqinli butilkalar va boshqalar idishlarning tiqinini burab chiqarish uchun ishlatiladigan asbob. Bir uchida spiralsimon rezba, 2uchida halqasi yoki bandi boʻladi.