Shubham Sarangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shubham Sarangi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shubham Sarangi[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 2000-yil (2000-06-24) (23 yosh)
Tavallud joyi Visakhapatnam, Hindiston
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Odisha FC|Odisha
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015-16 Minerva Punjab
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2019 Delhi Dynamos 9 (0)
2019- Odisha 31 (0)
Milliy terma jamoa
2016-2017 Hindiston U17 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-dekabr uchun)

Shubham Sarangi (2000-yil 24-iyunda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida „Odisha“ klubida oʻng qanot himoyachisi[2]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarangi Visakxapatnamda tugʻilgan. Uning ota-oansining asl kelib chiqishi, Odishaning Balasore shahriga borib taqaladi (ota-onasi shu yerda tugʻilgan)[3][4]. Shubham Sarangi toʻrt yoshida oilasi Dehliga koʻchib oʻtdi va u yerda bolaligidan futbol oʻynab oʻsdi.[5][6] Bolaligida Shubham Sarangi Kargil urushi shahidi kapitan Vijayant Thapar xotira kubogida oʻzining Noidadagi armiya davlat maktabi uchun oʻynagan. Shubham Sarangi 2013-yilda Eronda bo‘lib o‘tgan U14 AFC saralash turnirida Hindiston sharafini himoya qilgan. Shundan soʻng, Shubham Sarangi Hindiston uchun U-17 Jahon chempionati loyihasiga chaqirildi va Goa shahrida mashgʻulotlarni davom ettirdi. Shubham Sarangi AIFF tomonidan tashkil etilgan ekspazitsiya safari doirasida turli mamlakatlarga sayohat qilgan. 

2015-16-yillarda Shubham Sarangi Minerva Punjab FC akademiyasi uchun oʻynadi va U-15 va U-18 I-ligada ishtirok etdi va Ligada 8 ta gol urdi va Liganing eng yaxshi toʻpurarlari qatoriga kirdi. Shundan soʻng Shubham Sarangi Hindiston milliy terma jamoasi U-17 Jahon chempionati futbol jamoasida oʻynashni davom ettirdi[7][8].

2018-yilda Sarangi Qatarning „Aspire“ akademiyasiga to‘rt oylik mashg‘ulotlarga bordi[9].

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehli Dinamosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-18-yillarda Shubham Sarangi Dehli Dynamos FC tomonidan tanlab olingan. Shubham Sarangi besh yarim oy davomida yoshlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun Dohada joylashgan yetakchi xalqaro akademiya boʻlgan Aspire akademiyasiga yuborilgan.[10] Qaytib kelgach, Shubham Sarangi 2018-2019-yilgi mavsumda Dehli Dinamosi safida oʻng qanot himoyachisi sifatida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi. 

Odisha FC[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehli Dynamos FC jamoasi bilan tuzgan shartnomasi tugaganidan keyin Shubham Sarangi 2019-2020 mavsumi oldidan Odisha FC jamoasiga qoʻshildi. Shubham klubning ilk mavsumida Odisha FC safida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bu natija ilk mavsum uchun yaxshi natija boʻlishiga qaramay Shubham Sarangi jamoa safida birorta gul ora olmadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ODISHA FC ANNOUNCED THE NAME OF FOOTBALLERS AND CAPTAINS FOR ISL“. kolkatafootball.com. 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  2. „ISL: Delhi Dynamos sign young Shubham Sarangi - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  3. „ISL: Home boy Shubham Sarangi thrilled as football comes to Odisha“. Mathrubhumi (2019-yil 26-dekabr).
  4. „Shubham Sarangi“. Orisports. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  5. Das. „Shubham Sarangi : The Untold Story“. IFTWC (2020-yil 9-iyul).
  6. Sahu. „Shubham Sarangi: It’d be dream to share dressing room with Jhingan“. Khel Now (2020-yil 24-iyun). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  7. „Shubham Sarangi - A prodigy in the making - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  8. Bhattacharya, Arka. „After signing for Delhi Dynamos, Shubham Sarangi is ready to put U-17 World Cup snub behind him“ (en-US). Scroll.in. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  9. Ritabrata Banerjee. „Odisha FC’s Shubham Sarangi - Experience at Aspire Academy helped me in growing as a player“. Goal.com (2020-yil 18-noyabr). 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  10. „ISL 2017-18: Delhi Dynamos' Shubham Sarangi shooting for the stars as he departs for Aspire Academy stint | Goal.com“ (en). Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]