Kontent qismiga oʻtish

Shuhrat Aslanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuxrat Aslanov
Qashqadaryo viloyati Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori
Mansab davri
2019-yil – hozirgi vaqtgacha
 „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktor oʻrinbosari (ishlab chiqarish boʻyicha) vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
2017-yil – 2018-yilgacha
 Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektori
Mansab davri
1999-yil – 2000-yilgacha
Mukofotlari

Shuhrat Choriyevich Aslanov (ruscha: Aсланов Шухрат Чориевич) – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori. Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektori, „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktor oʻrinbosari (ishlab chiqarish boʻyicha) vazifasini bajaruvchi hamda majmuada turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2024-yil Oʻzbeksiton Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan [1]. „Shuhrat medali“ sohibi[2].

Shuxrat Aslanov 1978-yil 21-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. OʻzLiDeP aʼzosi. 1999-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ixtisosligi – agromuhandis. 2023-yil „Shuhrat medali“ bilan taqdirlangan[3].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektorligidan boshlagan. 2000-yildan 2001-yilgacha – „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ unitar shuʼba korxonasi suv taʼminoti va oqova sexi mashinisti boʻlib ishlagan. Turli yillarda korxonada mas’ul lavozimlarda faoliyatini olib borgan. 2017—2018-yillarda Shurtan gaz kimyo majmuasi direktor oʻrinbosari vazifasini bajargan. 2018-yildan 2019-yilgacha majmuaning direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan. 2019-yilda „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan[4].