Shuhrat Ergashev
Shuhrat Ergashev | |
---|---|
Tavalludi |
19-may 1945-yil |
Vafoti |
17-sentyabr 2021-yil (76 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Shuhrat Ibrohimovich Ergashev — kinoaktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1968–70 yillar M.Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida ishlagan. 1970–95 yillar "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida aktyor. Ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. Ergashev oʻz qahramonlarining qaygʻualamlari, ularning ichki tugʻyoni, raqibga qarshi kurashdagi psixologik kechinmalarini yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. "Nafosat" (rej. E. Eshmuhamedov) filmidagi Shuhrat roli ekranda yaratgan ilk obrazidir. Shuhrat ("Sevishganlar"), Mauzer ("Qoʻmondonning qaytishi"), Anvar ("41 yil olmalari"), Ubaydulla ("Qora konsulning halokati"), Talaba ("Integral"), Sherzod ("Semurgʻ"), Aziz ("Seni kutamiz yigit"), Abdurahmon ("Zulmatni tark etib"), Temur ("Uchar yigit") kabi rollari bilan shuhrat qozongan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |