Shuhrat Rizayev
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. (2024-10) |
Shuhrat Rizayev — adabiyotshunos, jurnalist, „Doʻstlik“ ordeni sohibi, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi“[1]. Oʻzbekistonda amalda boʻlgan yozuvlar masalasidagi takliflarga asoslangan „Prezidenga maktub“ sarlavhasi ostida maqola muallifi[2].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat Rizayev 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yili Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlab, qator davlat idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan. 1995 yili “O‘zbek jadid dramaturgiyasining shakllanish manbalari” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1980 – 1989 yillarda “Oybek uy muzeyi”da katta ilmiy xodim, 1989 – 1995 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti katta o‘qituvchisi, dots.nti, 1996 – 2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda, 2005 – 2007 yillarda Madaniyat va sport ishlari vazirligi ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, 2007 – 2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra mudiri, 2012 yil may oyidan 2017 yil avgustigacha “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifasida, 2017 yil avgustidan 2024 yil 4 iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Bosh direktori birinchi o‘rinbosari, 2024 yil 4 iyundan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sh. Rizayevning o‘nta monografiya va ilmiy-adabiy, ilmiy-ma'rifiy to‘plamlari, o‘n to‘rta darslik va qo‘llanmalar hamda adabiyot, teatr, kino va ijtimoiy masalalarda to‘rt yuzdan ortiq maqollari chop etilgan. Jumladan, „Jadid dramasi“ (1997), „Jamiyat ko‘zgusi“ (hammualliflikda, 2005), „Zavqiy ijodida falklor motivlari“ (hammualliflikda, 1987), „Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari“ (1993), „Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti“ (hammualliflikda, 2005), „Sahna maʼnaviyati“ (2000) kabi asarlari chop etilgan. Shuhrat Rizayev oʻzining faoliyati davomida 2017-yilda chop etilgan „Prezidentga maktub“ nomli maqolasida ilgari surilgan
kirillni — asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtiraylik[3]
deya taklif etilgan fikri ijtimmoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻldi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Jadid dramasi“ (1997) „Jamiyat ko‘zgusi“ (hammualliflikda, 2005) „Zavqiy ijodida falklor motivlari“ (hammualliflikda, 1987) „Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari“ (1993) „Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti“ (hammualliflikda, 2005) „Sahna maʼnaviyati“ (2000) [4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shuhrat Rizayev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Uning Prezidentga yozgan xati lotin-kirill muhokamasiga sabab bo‘lgan edi“. Daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 1-iyun.
- ↑ „Shuhrat Rizayev, lotin alifbosi va 17 million o‘zbeklar“. https://kh-davron.uz/. Xurshid davron kutubxonasi. Qaraldi: 1-iyun.
- ↑ „Шуҳрат Ризаев: “кириллни — асосий, лотинни иккинчи алифбо сифатида қонунлаштирайлик”“. https://www.bbc.com/uzbek. BBC. Qaraldi: 1-iyun.
- ↑ „Shuhrat Rizayev (1958)“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |