Kontent qismiga oʻtish

Shukr ibn Abu al-Futuh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toj al-Maʼali Abu Abdulloh Shukr ibn Abu al-Futuh al-Hasan ibn Jaʼfar al-Hasaniy (arabcha: تاج المعالي أبو عبد الله شكر بن أبي الفتوح الحسن بن جعفر الحسني) (1061-yilda vafot etgan), shuningdek, Muhammad nomi bilan ham tanilgan[1], Makkaning toʻrtinchi va oxirgi Musaviy amiri boʻlgan. Hijriy 400-yilda (milodiy 1010) otasi Abu al-Futuhning vafotidan keyin Makka taxtini meros qilib olgan. Hukmronligi davrida madinalik Banu Husayn qabilasiga qarshi urush olib borib, har ikki muqaddas shaharni ham oʻz qoʻliga olgan. Hijriy 403-yilda (milodiy 1012) Sulaymoniylardan boʻlgan Abu Toyib Dovud ibn Abdulrahmon tomnidan taxtdan agʻdarilgan.

Shukr ibn Abu al-Futuhning bir nafar qizi boʻlib, Abu Hoshim Muhammad ibn Jaʼfarga turmushga chiqqan. Shukrning oʻgʻillari boʻlmaganligi bois qullaridan biri uning oʻrniga amir etib tayinlangan, ammo tez orada amirlik Sulaymonlar sulolasi shariflari tomonidan bosib olingan. Hijriy 455-yil oxirida (milodiy 1063) Ali as-Sulayhiy Makkani egallab, Abu Hoshim Muhammadni amir etib tayinlagan[2]. Shukr ibn Abu al-Futuh hijriy 453-yil Ramazon oyida (milodiy 1061-yil sentabr-oktyabr) vafot etgan.

  1. Daḥlan, Aḥmad Zaynī. Khulāṣat al-kalām fī bayān umarā' al-Balad al-Ḥarām (Arabic). Dār Arḍ al-Ḥaramayn [1887/1888], 2007. 
  2. Ibn Fahd, ‘Izz al-Dīn ‘Abd al-‘Azīz ibn ‘Umar ibn Muḥammad. Ghāyat al-marām bi-akhbār salṭanat al-Balad al-Ḥarām, 1st (Arabic) Shaltūt: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá, Markaz al-Baḥth al-‘Ilmī wa-Iḥyā’ al-Turāth al-Islāmī, Kullīyat al-Sharīʻah wa-al-Dirāsāt al-Islāmīyah [composed before 1518], 1986 — 497–500-bet. 
Shukr ibn Abu al-Futuh
Jaʼfariylar sulolasi (Hasaniylar)
Siyosiy idoralar
Oldingisi Makka sharifi va amiri
(Fotimiylar xalifaligi ostida)

1039–1061
Keyingisi
Sulola oxiri
(Abu Toyib Dovud ibn Abdulrahmon yangi sharif sifatida)