Shukurjon Tuyg‘un
Shukurjon Tuygʻun | |
---|---|
Tavalludi |
12-mart 1909-yil |
Vafoti | 1981 |
Kasbi | shoiri, dramaturg, tarjimon |
Shukurjon Tuygʻun (12.03.1909 — 1981) — oʻzbek sovet shoiri, dramaturg, tarjimon. Oʻzbekistonning ilk dramaturglaridan biri. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1934), Sovet yozuvchilarining I-qurultoyi ishtirokchisi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shukurjon 1909-yilda Andijon viloyatining Ganjiravon qishlogʻida aravakash oilasida tugʻilgan, bolalar uyida tarbiyalangan, keyinchalik komsomolga oʻtgan.
Buxorodagi institutida tahsil olgan, 1925—1930-yillarda Boku universitetining til va adabiyot fakultetida tahsil oladi.
1934-yilda SSSR Yozuvchilarning birinchi qurultoyida delegat boʻlib, SSSR Yozuvchilar uyushmasining birinchi aʼzolaridan biri boʻldi.
1981-yilda vafot etgan.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1928-yilda ijod qilishni boshlagan. Dastlabki sheʼr va hikoyalar toʻplamlari: „Lakchalar“ (1930), „Vaxsh“ (1932), „Kungil tomchisi“ („Yurak orzulari“, 1934), „Nomus“ (1937) va hokazo.
„Mard yigit“, „Haqiqiy oʻgʻil“, „Ochildi“ dostonlari muallifi.
U dramaturg sifatida ham tanilgan, kambagallarning ogʻir hayotini ifodalaydigan, boylarning ochkoʻzligini fosh etuvchi „Bahodir“ (1939) pesasi, inqilobdan avvalgi Oʻrta Osiyo xonlari („Qasos“ 1942, Amin Umariy bilan hamkorlikda) dramasi, oʻzbek askarlarining Ulugʻ Vatan urushi koʻrsatgan jasoratlari („Muhabbat“, 1946) qissalarida qayd etilgan.
Ushbu asarlar Hamza nomidagi Oʻzbek drama teatrida, boshqa oʻzbek teatrlari hamda tojik va turkman teatrlarida sahnalashtirilgan.
N.Gogolning “Revizor”, V.Vishnevskiyning “Optimistik fojia” asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xotirlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentda dramaturg uchun 1969—1981-yillarda yashagan uyga yodgorlik taxtachasi oʻrnatilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uning nomi unutildi. Yozuvchining asarlari kutubxona kataloglarida zikr etilgani bilan aslida u yerda yoʻq. Hattoki shu paytgacha „Baxtiyor“ dramasi ham topilmagan.
2013-yili faqatgina asarlarining bir jildi oʻzbek tilida va uch jildligi esa rus tilida chop etilgan.
Bibliografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lyubov: Drami i poemi / Xudoj. B. Xaybullin. — Tashkent: Izdatelstvo literaturi i iskusstva, 1982. — 358 s.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shukurdjan Tuygun: Pisatel. 1909—1981. Nekrolog // Pravda Vostoka, 4-noyabrya 1981
- Shukurdjan Tuygun // Pisateli sovetskogo Uzbekistana. — Tashkent: Goslitizdat UzSSR, 1959. — 173. — str. 132
- Tuygun, Shukurdjan // Teatralnaya ensiklopediya. Tom 5 / Glav. red. P. A. Markov — M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1967
- Shuxrat Miralimov, kandidat istoricheskix nauk — Zabitiy pisatel // 4-fevralya 2013