Shungit
Qiyofa
Shungit (Kareliyadagi Shunga qishlogʻi nomi bilan atalgan) — tokembriy davriga mansub, tarkibida yopiq kristalli uglerod mavjud boʻlgan togʻ jinsi. Metamorfizm jarayonida grafitoidlar va yopiq kristalli grafitlarga aylanadi. Toʻq qora rangli, mumsimon yaltiroq. Qattiqligi 3—4, zichligi 1,8— 1,9 g/sm3. Sh. qurilish va sanoat uchun qimmatli xom ashyo, alohida koʻrinishli turlari bezakqurilish materiali hisoblanadi. Betonda yengil toʻldiruvchi sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |