Shupelka
Shupelka (maked.: шупелка, serboxorv. shupelka) — bolgar choʻponlarining yarim koʻndalang fleytasi. Kavalning kichik bir turi[1]. Ushbu cholgʻu asbobi Bolqon mintaqasining boshqa mamlakatlarida, jumladan Makedoniya, Serbiya va Gretsiyada ham keng tarqalgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur cholgʻu asbobi — boʻylama fleyta boʻlib, kalta yogʻoch dastak va 6 ta kuy chalish teshigiga ega, shu jihatlari bilan xromatik diagonal kaval fleytasiga oʻxshaydi[2]. Cholgʻu asbobining uzunligi 24 sm dan 35 sm gacha oʻzgarishi mumkin.
Asbob yongʻoq, qizil, shumtol yoki zarang daraxtining yogʻochidan tayyorlanadi[3].
Shupelka tovush jihatidan xromatik shkalani (ikki oktava) qamrab oladi, pastki oktavaning birinchi notasi bundan mustasno[4]. Shupelka pastki registrda mayin va yoqimli ovoz beradi, yuqori registrda esa tovush keskin va quloqni teshadigan[4], biroz shipillovchi tembrga ega boʻladi.
Havo kiradigan yuqori teshikning chetlari tor va oʻtkirdir[5].
Shupelkaning old tomonida oltita teshik mavjud, bundan tashqari, cholgʻu asbobining yettita teshikli namunalari ham bor[6].
Asbobning nomi makedoncha „shupliv“, yaʼni „ichi boʻsh“ degan soʻzdan kelib chiqqan. Shuningdek, ushbu cholgʻu asbobining Tunis va Jazoirda keng tarqalgan gasba — puflab chalinadigan va yogʻochdan ishlanadigan arabcha cholgʻu asbobi bilan umumiy jihatlari mavjud[6].
Shupelka yaxlit korpus qismiga ega va uni sozlash shart emas.
Shupelka chalish vaqtidagi klassik holat — har bir qoʻlning uchta oʻrta barmogʻi teshiklar ustiga joylashadi, asbob vertikal holatda 45 ° burchak ostida turadi. U yakkaxon improvizatsiyalar uchun ham, instrumental orkestrlar tarkibida ham qoʻllanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Музыкальные инструменты. Энциклопедия 2008.
- ↑ World Music: Africa, Europe and the Middle East. Andoza:Нп3 — 203-bet. ISBN 9781858286358.
- ↑ „Народни инструменти — Шупелка“ (mk). www.imor.org.mk (2007). 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
- ↑ 4,0 4,1 Боривоје Џимревски. Шупелката во Mакедонија. Институт за фолклор „Марко Цепенков“, 2000. ISBN 9989-642-09-5.
- ↑ „Народни инструменти — дувачки — Шупелка“ (mk). www.kralemarko.org.mk. 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
- ↑ 6,0 6,1 Aleksandar Linin. Narodnite muzički instrumenti vo Makedonija. Skopje, Macedonia: Makedonska Kniga, 1986.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Цафара“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 650-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Каваль и шупелка: диагональные флейты“ (deadlink). Музыкальный журнал «Варга. Акустические музыкальные инструменты». 2016-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.