Kontent qismiga oʻtish

Shurut ilmi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shurut ilmi – huquqiy shartnomalar va ularni tuzishni oʻrgatadigan fan sohasi. Shartnomalarni qonuniy rasmiylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan, aniq bir oʻzgarmas nizomga solingan qoidalar majmuasi. Keng ma’noda fiqhda keltiriladigan barcha turdagi aqdlar, kelishuvlar, vasiqalar, vaqf va boshqa rasmiy qozi hujjatlarini rasmiylashtirish qonun-qoidalaridir. Atama va nazariya sifatida ilk bor Muhammad ash-Shayboniyning “as-Siyar al-kabir” ("Katta siyrat") asarida tilga olingan. Imomi A’zamning «Kitob ash-shurut» («Shartnomalar haqida kitob»)[1] asarida ham mavjud.