Shyaulyay
Shyaulyay (Šiauliai, 1795-yilgacha Saule, 1917-yilgacha rasmiy nomi Shavli) – Litvadagi shahar (1569-yildan). Transport yoʻli chorrahasi. Aholisi 146,5 ming kishi (2000). Shahar 15-asrdan maʼlum. Yirik korxonalari: velosiped, televizor, stanoksozlik, elektr konstruksiyalar ishlab chiqarish, shina taʼmirlash, koʻn zdlari; oziqovqat sanoati (goʻsht, sut, nonmakaron, pivo ktlari) korxonalari, uysozlik kti, trikotaj, koʻnattorlik, notoʻqima materiallar fabriklari, qandolat, koʻnpoyabzal, mebel ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Pedagogika instituti, teatr, „Aushra“ tarixetnografiya muzeyi, fotografiya muzeyi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Uygʻonish davri Pyatro ir Povilo kostyoli (1595— 1625) saqlangan. 1976-yilda shahar markazida piyoda yurib sayr qilinadigan zona tashkil qilingan. Jamoat binolaridan Madaniyat saroyi va boshqalar bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Shyaulyay" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |