Kontent qismiga oʻtish

Sibir platformasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sibir platformasi - Shimoliy Osiyoning oʻrta qismida joylashgan qad. (rifeygacha boʻlgan) yirik platformalardan biri. Sibir platformasi gʻarbda Yenisey vodiysi, shimolida Birranga toglarinkng jan. chekkasi, sharqda Lena daryosi etaklari bilan chegaralanadi.

Sibir platformasida arxeyproterozoyga oid burmalangan kristalli fundament va uni qoplovchi rifeyfanerozoy davrlarining choʻkindi jinslari qatlami ajralib turadi. Shimoliy (Anabar massivi va Olenek koʻtarilmasi), jan.sharq (Aldan qalqoni) va jan.gʻarb (Baykal oldi hamda Sharqiy Sayan chekka koʻtarilmalari)da fundament yer yuzasiga chiqkan. Sibir platformasining boshqa hududlarida fundament 10–12 km qalinlikdagi choʻkindi yotqiziklar bilan qoplangan va turli chuqurlikka tushgan bloklar sistemasiga boʻlingan. Yer poʻstining (Moxorovichich yuzasigacha) umumiy qalinligi 25–30 km dan (Vilyuy va Tungusska sineklizalarida) 40–45 km ga (Aldan qalqoni va janubidagi fundamentning chekka koʻtarilmalari hamda Kanning yer yuzasiga chiqib kalgan joylarida) yetadi.

Fundamentda arxey va proterozoy davrlariga mansub mutlaq yoshi 2,3 — 3,7 mlrd. yilga teng kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (gneys, kristalli slanets, amfibolit, charnokit, marmar) mavjud. Choʻkindi qoplam tarkibida yuqori tokembriydan antropogengacha hosil boʻlgan yotqiziklar bor. Rifey, kembriy va ordovik davrlarida hosil boʻlgan jinslar (chaqiq jinslar, karbonatli va tuzli qatlamlar) keng tarqalgan. Sibir platformasi ning eng serbar sineklizasi — Tungusska sineklizasi karbon va perm davrlariga mansub terrigenkoʻmirli yotqiziqlar, yuqori perm, trias davrlariga oid tufogen jinslardan iborat; sinekliza chekkalarida otqindi jins juda koʻp. Irkutsk bukilmasi hamda qator botiqlar yura davri yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. YeniseyXatanga va Lena bukilmalari, Vilyuy sineklizasi yura, boʻr davrlari va kaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan.

Sibir platformasiga magmatik togʻ jinslarini keng tarqalishi xos boʻlib, trappli magmatizm ulardan eng rivojlanganidir. Trapplar bilan Norilsk mis nikel konlari, Ud okanda misli kumtoshlar, kimberlit naychalarida esa olmos konlari uchraydi.

Platforma fundamentida juda yirik temir konlari, slyudalar (flogopitlar), pyezokvars va apatit konlari; choʻkindi qoplamda neft, yonuvchi va bitumli slanetslar, gaz, toshtuz, gips, temir rudasi, fosforit, marganets, magnetit rudalari, nodir metallar, grafit, island shpati va boshqa foydali qazilma konlari bor. Sibir platformasi koplam yotqiziqlarida dunedagi eng yirik koʻmir havzalari joylashgan. SIBIR XONLIGI 15-asr oxirlarida tashkil topgan davlat. 1495-yil Tyumen xoni Iboq oʻldirilganidan keyin, uning avlodi Taybugʻo Maxmet (Mahmudak) tatar uluslari siyosiy ittifoqiga bosh boʻldi va xonlikni oʻzining asosiy qarorgohi — Sibir (Qishliq) nomi bilan atadi. Volga boʻyidagi Oltin Oʻrda davlati ichki va tashqi urushlar orqasida zaiflashib va parchalanib ketdi. Natijada birbirlaridan mustaqil Astraxon, Qozon, Sibir va boshqa xonliklar yuzaga keldi. Ularning orasida Sibir platformasi eng chekka va sovuq joy boʻlib oʻrmonlar va dare suvlariga boy oʻlka hisoblangan. U yerda turkiy tilli aholi yashab chorvachilik, dehqonchilik va xunarmandchilik bilan shugullangan. Xonlikning poytaxti dastavval hozirgi Tyumen sh. oʻrnidagi Chingitura degan joy edi. Keyinchalik poytaxt Irtish daryosi boʻyidagi Qishliq (rus manbalarida — Iskar) nomli shaharga koʻchirilgan.

1555-yilda tatar yuqori tabaqa vakillari Sibir taxtini egalladilar. Ammo, 1563-yilda shayboniylar sulolasiga mansub Koʻchumxon Buxoro xoni Abdullaxon II ning harbiy yordami tufayli taxtni qoʻlga kiritadi. Buxorodan Sibirga harbiy qism bilan bir qatorda savdogarlar va din peshvolari borib oʻrnashdilar. Koʻchumxon oʻz qoʻli ostidagi yerlarda oʻzbek din peshvolarining boshchiligida islom dinini tarqatishga harakat qildi.

Shu tariqa Sibir platformasi Abdullaxonning taʼsir doirasiga tortiddi. U yerga oʻzbeklar borib savdo va dehqonchilik bilan shugʻullandilar. Ular hokimiyatni boshqarishga ham koʻmaklashdilar.

Buxoro xonliginchng Sibir bilan aloqani yaxshilashga qaratilgan harakati bejiz boʻlmagan. Sibirning Oʻrta Osiyo bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari chuqur tarixiy davrlardan boshlanib koʻp asrlar mobaynida davom etgan. U yerda oʻzbek gazlamalari, kiyimboshlari va boshqa mollariga talab katta edi. Oʻz navbatida, Oʻrta Osiyoda Sibirning qimmatli moʻynalariga ehtiyoj zoʻr boʻlgan. Buxoroliklar islom dinini tarqatish vositasi bilan ham Sibirda oʻzlarining mavqeini mustahkamlashga harakat qilganlar. Xususan, naqshbandiya tariqatining 361 kishidan iborat muridlari Sibirga borib islom dinining tarqalishiga asos solganlar. Bu ishda Oqilabibi, Anipabibi, Xadichabibi, Solihabibi va boshqa oʻzbek ayollari ham qatnashgan. 1581-yilda Yermak va Koʻchumxon askarlari urtasida jang boʻlib Yermak poytaxt Iskarni egallaydi. Shundan keyin ham ular oʻrtasidagi urushlar davom etib ulardan birida Yermak halokatga uchraydi. Ammo, xonlik 1598-yilda rus qoʻshini tomonidan tamomila bosib olinib Sibir Rossiyaga qoʻshib olinadi.

Ad.:3iyayev H., Sibir, Volga va Ural boʻylaridagi oʻzbeklar, T., 2003.

Hamid Ziyoyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil