Sidi Ali Ennuriy maqbarasi
Sidi Ali Ennuriy maqbarasi (arabcha:زاوية سيدي علي النوري), shuningdek, Al Zaouia Al Nuria (arabcha: الزاوية النورية) nomi bilan ham tanilgan – Sfaks medinasidagi maqbaralardan biri va tasavvuf ilmi ulamolarining yigʻilish joyi[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara Madinaning sharqiy qismidagi aristokratlar turar joyida, Sfaks anʼanaviy sanʼat muzeyi Dar Jallouli yonida joylashgan. Unga sharqdan Ali Ennuriy koʻchasi va shimoldan Sidi Xalil koʻchasi orqali kirish mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozma manbalarda bu maqbara qurilishining aniq sanasi keltirilmagan, lekin koʻpchilik tarixchilarning fikricha, u 17-asrning ikkinchi yarmida, Murodiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan. Dastlab u Sfaks avliyosi Sidi Ali Ennuriyning (1643 – 1706) uyi edi. 1668-yili Qohiradagi oʻqishdan qaytgan bu avliyo soʻfiylar birodarligiga asos solib, shaxsiy uyini maqbaraga aylantirgan va u yerda diniy taʼlim bera boshlagan. Bundan tashqari, ushbu maqbara Buyuk Sfaks masjidida taʼlim olish uchun kelgan chet ellik talabalar uchun turar joy vazifasini ham oʻtagan. Bino, shuningdek, 18-asr boshidagi toʻqnashuvlarda siyosiy va harbiy maqsadlar yoʻlida foydalanilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Maqbaraning tashqi koʻrinishi
-
Maqbara eshigi
-
Maqbaraga kirish
-
Asosiy hovli
-
Kirish qismi
-
Quyosh soati
-
Mehrob
-
Namozxona
-
Namozxonadagi mehrob
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mahfoufh, Faouzi. City of Sfax: Monumental archeology research and urban evolution. Paris: Sorbonne university, 1988 — 440–453-bet.