Kontent qismiga oʻtish

Sikhlar qoʻzgʻoloni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sikhlar qoʻzgʻoloni - Panjob (Hindiston)dagi dehqonlar va shahar aholisining Boburiylar davyaatidatp amaldorlar va zamindorlar zulmiga qarshi kurashi (17-asr oxiri — 18-asrning 1choragi). Panjobdagi ogʻir ijtimoiy vaziyat, mulkdorlar tomonidan uni talontoroj etilishi natijasida iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi sabab boʻlgan. Dehqonlarning sikhlar jamoasiga kelib qoʻshilishi natijasida (qarang Sikhizm) qoʻzgʻolonlar avj oldi. Panjobdagi xukmron doiralarga nisbatan adovatda boʻlgan sikhlar bilan bir necha marta harbiy toʻqnashuvlar roʻy berdi va bu 1687-yilda uzoq davom etgan dehqonlar urushiga olib keldi. 1699-yil sikxlarning gurusi (ustozi) Govind Singh jamoani demokratik harbiy tashkilot (xalsa)ga aylantirdi. 1705-yil Boburiylar qoʻshini sikhlar ustidan gʻalaba qozondi. Govind Singh oʻldirildi (1708), Qoʻzgʻolonga rahbarlik qilishni dehqon Banda oʻz qoʻliga oldi (1710). Bu vaqtga kelib sikhlar armiyasining soni 10 mingga yetdi, u toʻplar va oʻq otar qurollar bilan qurollangan edi. Sharqiy Panjobning katta qismi qoʻzgʻolonchilar qoʻl ostiga oʻtdi. 1710-yil 5 dekabrda Bahodirshoh I qoʻshini Banda ustidan gʻalaba qozondi. Lekin, qoʻzgʻolon togʻli rayonlarda yana 5 yilgacha davom etdi. Bandaning qatl etilishi bilan ham qoʻzgʻolon toʻxtamadi.

18-asrning 30—40 yillarida sikhlar Panjobda hukmron kuch boʻlib qoldi. 1765-yil ular mustaqil davlat tuzdilar. 1849-yilda esa bu davlatni inglizlar bosib olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil