Kontent qismiga oʻtish

Sikloida

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sikloida (yun. kykloeides — doira-simon) — tekislikda bir toʻgʻri chiziq boʻylab sirpanmay gʻildirovchi aylanadagi nuqta chizadigan yassi egri chiziq. Aynala S.ning yasovchisi deb ataladi. Nuqga aylananing oʻzida yotsa, od-diy S., aylana ichida yotsa, qisqartirilgan S., aylana tashqarisida yotsa, uzaytirilgan S. hosil boʻladi. Mas, qordan yasalgan tepalik sirt S. shaklida boʻlsa, undan tez sirpanib tushiladi. S. sirtida tebranib harakatlanayotgan ogʻir sharchaning tebranish davri uning amplitudasiga bogʻliq boʻlmaydi. Bu xossadan foydalanib X. Gyuygens mayatnikli soat yasagan. S.ga doir dastlabki tadqiqotlarni 16-asrda G. Galiley olib borgan. Keyinchalik R.Dekart, B.Paskal ham S. bilan shugʻullanishgan. S. texnika va mexanizmlar nazariyasida qoʻllanadi.