Sillabik tonik sheʼr tizimi
Qiyofa
Sillabik tonik sheʼr tizimi (yun. syllabe — boʻgʻin va tonos — urgʻu) — tonik sheʼr tizimi turlaridan biri; misrada urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning hamda hijolarning izchil almashinib kelishiga asoslanadi. Misralarni ritmik jihatdan uyushtirish va sheʼriy ohang yaratishda urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlar kombinatsiyasi muhim rol oʻynaydi. Urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning tartibli joylashishi natijasida hijo (stopa)lar hosil boʻladi. [Shartli ravishda urgʻusiz hijoni qisqa hijoga (i), urgʻuli hijoni choʻziq hijoga (—) tenglashtirish mumkin]. Ular rus sheʼriyatida, asosan, beshta (yamb, xorey, daktil, amfibraxiy, anapest) boʻlib, har biri oʻziga xos tuzilishiga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |