Kontent qismiga oʻtish

Silvinit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silvinit (yun. silvinite) — tuzli choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibi silvin (50—75%), galit (25—50%), qisman angidrit va gildan iborat. Rangi — oq, qizgʻishqoʻngʻir va qizil. S.kesmada silvin, galit va gilli angidritlarning almashinib yotgan yupqa qatlamidan iborat. Arid iqgtim sharoitida sayoz dengiz, laguna va koʻllarda shoʻr suvdan kimyoviy choʻkish orqali hosil boʻladi. S. kaliyli mineral oʻgʻit i.ch.da muhim xom ashyodir. Undan tibbiyot, atirupa i.ch.da, fotografiya va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.

Oʻzbekiston janubida Tyubegatan va Xoʻjaikon konlarida S. yura davri yotqiziklarida tarkalgan. Tyubegatan konida S. gorizontining oʻrtacha qalinligi 4,5 m, KS1 ning miqdori 36,9% va zaxirasi 400 mln. t. Xoʻjaikonda S. Koʻhitangtogʻning sharqiy etaklarida uz. 25 km, eni 900 m va nisbiy bal. 200 m li tuzli togʻ hosil qilgan. Sanoat ahamiyatiga ega gorizontlarda KS1 ning oʻrtacha miqdori 28—33%. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Germaniya, AQSH, XXR va boshqa mamlakatlarda S. konlari bor.