Sim
Qiyofa
Sim — koʻndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik boʻlgan uzun metall buyum. Mis, alyuminiy, poʻlat, volfram va boshqa metallardan prokatlab (qarang Prokat ishlab chsharshshl) yoki choʻzish stanlarndati maxsus teshiklardan oʻtkazib, kalava yoki chiviq koʻrinishida tayyorlanadi. Yoʻgʻonligi 5 mm va undan ortiqboʻlgan, qizdirib prokatlangan S. 0,01 – 5 mm li S.lar tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Dumaloq, toʻrtburchak, oltiburchak, oval va boshqa shakllarda boʻladi. S. elektr va radioliniyalari tortish, toʻr, mix, kabel, transformator chulgʻamlari va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |