Kontent qismiga oʻtish

Sima Syan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sima Syan, Simo Chyan (bolalik davridagi ismi — Zichjang, Shyayang) (mil. av. 145, hozirgi XXR ning Shensi oʻlkasi, Xanchen sh. — mil. av. taxminan 86) — qad. xitoylik tarixchi; Xitoyning 1umumlashgan tarixi — "Shi szi" ("Tarixiy xotiralar") muallifi. Xon saroyining bosh voqeanavisi — Sima Tanning oʻgʻli. Yoshligidan mamlakat boʻylab safar qilib tarix, urfodatlar va xalq hayotiga oid maʼlumotlar, rivoyatlar va hikoyalar yigʻish bilan shugʻullangan. Mil. av. 108 yildaXan imperiyasi saroyida kotiblar mahkamasi boshligʻi (tayshilin) lavozimida ishlagan. Mil. av. 100—97 yillar oraligʻida hunlar asiri boʻlgan Li Lin ismli amaldorni jazodan qutqarish masalasida oʻrtaga tushganligi tufayli qamalgan. Mil. av. 96 yilda qamoqdan ozod etilgan. Shundan soʻng u xoqon uchun tayyorlanadigan qujjatlarni yozish bilan shugʻullanuvchi saroy kotibiyati mahkamasi boshligʻi (chjungshulin) lavozimiga tayinlangan. Saroyda ishlab yurgan chogʻida otasi bilan tarixiy asarlar yozish bilan shugʻullangan. Mil. av. 1-asrning 90y.larida — "Shi szi" asarini yozib tugatgan. Asar 130 bobdan iborat boʻlib, Xitoyning qadimdan mil. av. 2-asrning oxirigacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga oladi. S.S. Xitoyda 1boʻlib voqealarni xronologik bayon etish ("Annallar"), jamiyat hayotining turli tomonlarini tematik yoritish ("Traktatlar") va biografik janrlarni uygʻun holda kompleks oʻrganish tamoyilini qoʻllagan.