Kontent qismiga oʻtish

Simmetriklik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Simmetriklik - binar (ikki oʻrinli, ikki hadli) munosabatlarning xossasi. Bu munosabatlarning bajarilishi (yechilishi) unda ishtirok etuvchi elementlar juftlarining kanday tartibda kirishiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar aniklanish sohasida olingan har qanday ikkita x va u element uchun xRy munosabatdan yRx munosabat kelib chiqsa, R munosabat simmetrik munosabat deyiladi. Tengliktipidagi (mas, ayniyat, ekvivalentlik, oʻxshashlik) munosabatlar ham simmetrik boʻladi. S.ning teskarisi antisimmetriklik boʻlib, unda x=u boʻlganda xYauxglL yRx (xRy ning inkori) kelib chiqadi, yaʼni xRy bilan yRx dan, albatta, x=u degan xulosaga kelinadi. Mas, sonlar toʻplamidagi tartiblanish munosabati (kattakichik) antisimmetrikdir. Logikmatematik amallarga nisbatan S. kommutativlik deb ataladi. Mas, sonlarni kushish, kupaytirish, tuplamlarni birlashtirish va kesishtirish natijalari qoʻshiluvchi, koʻpaytuvchi va boshqa tartibiga bogʻliq emas.