Kontent qismiga oʻtish

Simmetriya (kimyo)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Simmetriya (kimyoda) — molekulalarning geometrik konfiguratsiyasidagi (zarralarning fazoviy joylashishidagi) qonuniyat. Tashqi muhitdan ajratilgan molekulalarning fizikkimyoviy xossalarida va ayni molekulalarning boshqa molekulalar bilan oʻzaro taʼsir etishida namoyon boʻladi.

Koʻpchilik oddiy molekulalar oʻzining muvozanat konfiguratsiyasiga xos fazoviy simmetriya elementlariga, yaʼni ntartibdagi simmetriya oʻqiga, S. tekisligiga, S. markaziga (yoki inversiya markaziga) ega. Mas, ammiak NH3 molekulasida muntazam uch burchakli piramida S.si, metan SN4 molekulasida tetraedr S.si mavjud. Murakkab molekulalarda konfiguratsiya ga xos S. butun molekulada kuzatilmasligi mumkin, lekin uning ayrim qismlarida (fragmentlarida) taqriban saqlanib qoladi (lokal S). Shuning uchun ham kvant kimyosining molekulyar orbitallar nazariyasiga koʻra, molekulalarda simmetriya elementlari mavjudligiga asoslanib, molekulaning ayrim kismlariga oid orbitallarni sinflarga ajratish qabul qilingan. Agar molekula oʻzining konfiguratsiyasi jihatidan S. tekisligiga ega boʻlsa va molekulaning yadrolari ana shu tekislikda yotsa, uning barcha orbitallari simmetrik (oorbitallar) va nosimmetrik (lorbitallar) sinfga ajratiladi. Lorbitallar sirtqi tomoniga yaqin joylashgan molekulalar toʻyinmagan moddalarga mansub boʻladi. Molekulaning muayyan qismida lokal S. mavjudligiga qarab reaksiya vaqtida uning qaysi qismi tezroq, qaysi qismi kechrok qoʻzgʻalishi (faollanishi) haqida xulosa chiqarish mumkin. Kimyoviy lazerlar va molekulyar toʻgʻrilagichlar hosil qilishda, organik oʻta oʻtkazgichlar modelini tuzishda, kanserogen moddalar hamda farmakologik faol moddalarni analiz qilish va boshqalarda molekulalar S.i inobatga olinadi.