Kontent qismiga oʻtish

Simob-organik birikmalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Simob-organik birikmalar - molekulasidagi simob atomi bilan uglerod atomi bevosita bogʻlangan organik birikmalar (S—Hg). Sb. alifatik, aromatik, geterotsiklik va kvazikompleks birikmalarga boʻlinadi. 2 asosiy koʻrinishi — toʻliq almashinadigan (simmetrik) R—Hg—R va simoborganik R—HgX (R — organik radikallar, X — kislota qoldigʻi) koʻrinishdagi turlari maʼlum. Ular birbiriga oson aylanadi. Simob-organik birikmalarning asosiy qismi qattiq moddalar, alifatik katordagilari suyukliklardir. Ular turli metallorganik birikmalar olishda, tibbiyotda insektitsid va fungitsidlar sifatida ishlatiladi. Barcha Sb. zaharli, organizmda yigʻiladi. Undan zaharlanishning oldini olish maqsadida oltingugurt bilan toʻyintirilgan suv (mas, "Naftusya" mineral suvi) ichish tavsiya etiladi.